36
52/82, T-40AM, K-700 «Kirovets» traktorlari, MAZ va b.
rusumdagi yuk
avtomobillarida). Bunday differensiallarda burovchi moment g„ildiraklarga
kelayotgan qarshilik kuchlari kattaligiga ko„ra qayta taqsimlanib beriladi.
ABT bilan jihozlangan oddiy differensiallar g„ildirakli haydov
traktorlarida qo„llaniladi va blokirovkalovchi mufta hamda shu muftani boshqaruv
tizimidan iborat bo„ladi. Muftani boshqaruv qurilmasi
rul gidrokuchaytirgichi,
traktorni ilashish og„irligini gidravlik oshirish qurilmasi yoki ishchi organni osish
mexanizmi gidroyuritmasi bilan bog„langan bo„lishi mumkin. Bularning ichida eng
ko„p tarqalgani mufta yuritmasi gidravlik rul boshqaruvi bilan bog„langan
diffirensialni avtomatik blokirovkalash tizimi (DABT). Bunday tizim MTZ
rusumdagi traktorlar orqa ko„priklarida qo„llanilgan bo„lib, unda differensialni
blokirovkalanishi friksion mufti (16)ning (1.16-rasm)
rul gidrokuchaytirgichi
gidrotizimi chiquvchi, moy bakiga quyiladigan magistrali 1 bo„ylab 0,8 MPa
bosim ostida kelayotgan moy bosimi ta'sirida ilashishini hisobiga bo„ladi. Moy
oqimini muftaga yo„naltirish vazifasini
rul gidrokuchaytirgichi gidrotsilindri 3
shtokiga o„rnatilgan zolotnikli gidrotaqsimlagich ko„rinishidagi datchik 17
bajaradi, ya'ni yo„naltiruvchi g„ildirak (11)ning burilish burchagi 8
o
dan oshganda
datchik gidrotsilindr shtokidagi chuqurchadan chiqishi
natijasida siljiydi va
friksion mufta 16 gidromagistralini moy baki magistrali (1)ga ulab qo„yadi.
Natijada moy bosimi ta'sirida muftaning friksion disklari differensialni
blokirovkalaydi. Zarur holatlarda haydovchi ham boshqarish jarayoniga qo„shila
olishi uchun tizimda boshqarish krani 18 ko„zda tutilgan.
DABT ning yuritmasi traktorning orqa osish mexanizmi bilan bog„liq
bo„lgan tuzilmalarda DABT datchigi osish mexanizmining buriluvchi valiga
o„rnatilgan bo„ladi. Ishchi organ ishchi holatda bo„lganda
differensial
blokirovkalanadi, transport holatida differensial blokirovkasizlanadi.