«L-Jetroni» yonilg‘i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

«L-Jetroni» yonilg‘i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi. Elektr benzin 
nasosi 2 (1.8-rasm) yonilg„ini bak 1 dan olib yonilg„i tozalash filtri 3 orqali ~0,25 
MPa bosim bilan taqsimlagich quvuri 4 ga uzatadi.
Taqsimlagich quvuri maxsus shlanglar yordamida ishchi forsunkalar 6 bilan 
tutashtirilgan. Taqsimlagich quvurining ikkinchi uchiga joylashtirilgan bosim 
rostlagichi 5 tizimdagi yonilg„i bosimini belgilangan qiymat darajasida ushlab 
turish va ortiqcha yonilg„ini bak 1 ga qaytarish uchun xizmat qiladi. Shu tarzda 
yonilg„ini uzluksiz aylanib turishi va tizimda bug„ tiqinlari hosil bo„lmasligi 
ta'minlanadi.
Purkalanayotgan yonilg„i miqdori elektron boshqarish bloki(EBB) 20 
tomonidan silindrlarga kiritilayotgan havo xajmi, bosimi va harorati, shuningdek 
tirsakli valning aylanishlar chastotasi, dvigatel yuklamasi va sovitish suyuqligi 
haroratini hisobga olgan holda aniqlanadi. Silindrlarga kiritilayotgan havoning 
hajmi, yonilg„i me'yorini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Havo hajmi 
potensiometrli havo o„lchagich yordamida aniqlanadi. Kirib kelayotgan havo 
oqimi havo o„lchagichning o„lchov to„siqchasini ma'lum burchakka buradi va bu 
burilish burchagi potensiometr yordamida elektr kuchlanish ko„rinishiga keltiriladi. 
Bu elektr signal asosida EBB dvigatelning shu ish rejimiga mos keluvchi 
yonilg„i miqdorini aniqlaydi va ishchi forsunkalarning elektromagnit klapanlariga 
yonilg„ining purkalish davomiyligini belgilovchi impulslarni yuboradi. Kiritish 
klapanlarining qaysi holatda bo„lishidan qat'iy nazar dvigatel tirsakli valining bir 
yoki ikki aylanishida injektorlar tegishli yonilg„i ulushini kiritish kollektoriga 
purkaydilar. Purkash daqiqasida kiritish klapan yopiq holatda bo„lsa yonilg„i 
klapan oldidagi bo„shliqda to„planadi va klapanning keyingi ochilishida silindrga 
havo bilan birgalikda kiradi.
Qo„shimcha havo uzatish klapani 11 drossel to„siqchasiga parallel ishlangan 
havo kanaliga o„rnatilgan bo„lib, sovuq dvigatelni ishga tushirish va qizdirishda 
dvigatelga qo„shimcha havo uzatadi va tirsakli valning aylanish chastotasini 
oshirish imkonini beradi. 


24 
1.8-rasm. "L-Jetronic" yonilg„i purkash tizimining tarkibiy sxemasi: 
1- yonilg„i baki 2- yonilg„i nasosi, 3 – yonilg„ini mayin tozalash filtri, 4 – 
taqsimlash quviri, 5 –yonilg„i bosimining rostlagichi; 6- ishchi forsunka (injektor);
7- ishga tushirish forsunkasi; 8 –salt yurishda aralashmaning miqdor vinti; 9- 
drossel to„siqchasi; 10 – drossel to„siqchasining holati datchigi; 11- qo„shimcha 
havo klapani; 12 –havo o„lchagich; 13- salt yurishda aralashmaning sifat (tarkib) 
vinti; 14-termorele; 15 - sovutish suyuqligini harorati datchigi; 16-datchik-
taqsimlagich; 17 – akkumulyatorlar batareyasi; 18 – o„t oldirish kaliti; 19 – relelar 
bloki; 20- elektron boshqarish bloki. 


25 
1.9-rasm. Purkash forsunkasining prinsipial sxemasi:1-filtr; 2-elektromagnit 
o„rami; 3-elektromagnit yakori; 4-purkash ignasi; 5- elektr ulagich 
Sovuq dvigatelni ishga tushirishni yengillatish uchun, yuqorida ko„rilgan 
purkash tizimlaridagi kabi «L-Jetronic» tizimida ham ishga tushirish forsunkasi 7 
ishlatiladi. Ishga tushirish forsunkasining ochilish davomiyligi sovitish 
suyuqligining haroratiga bog„liq bo„lib uni termorele 14 belgilaydi. 
Purkash forsunkasi (1.9-rasm) yonilg„i taqsimlash quvuriga har bir 
silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg„ini bosim ostida purkab berish uchun 
hizmat qiladi. Elektromagnitli purkash forsunkasi 6 (1.8-rasm) elektr impulsi 
yordamida elektron boshqarish bloki 20 dan boshqariladi. 
Ishlash prinsipi. Tok berilmagan holda purkash ignasi 4 (1.9-rasm) prujina 
ta'sirida o„rindiqda siqilib o„tiradi. Agar elektromagnit o„rami 2 ga elektr impulsi 
berilsa, igna 0,1 mm masofaga o„rindiqdan ko„tariladi va igna va o„rindiq 
oralig„ida tirqish paydo bo„ladi va shu tirqishdan yonilg„i purkaladi. Forsunka 
klapanining ochilish va yopilish vaqti 0,6-2,0 ms tashkil etadi. Har bir dvigatel 
uchun purkash burchagi va kiritish klapaniga bo„lgan masofa har xil bo„ladi. 
Shuning uchun har bir dvigatelga (ishchi hajmi, yonish kamerasi, kiritish 
klapanlarining joylashishi, kiritish trubalarining shakli va b. hisobga olgan holda) 
o„ziga mos forsunka o„rnatilishi kerak. Forsunka kronshteynga maxsus rezina 







26 
detallari orqali biriktiriladi. Bu issiqlikdan vibratsiya benzin bug„lari hosil 
bo„lishdan saqlaydi. Yonilg„i nasosi elektr yuritmali bo„lib benzinni bakdan 
to„xtovsiz 600 kPa gacha bosim bilan haydab beradi. Yonilg„i nasosi yonilg„i baki 
ichida yoki yonilg„i bakidan tashqarida joylashgan bo„lishi mumkin. Yonilg„i filtri 
3 (1.8-rasmga qarang) yonilg„ini uzluksiz tozalab turish uchun hizmat qiladi. 
Bosim rostlagich 5 yonilg„i uzatish tizimida joylashgan bo„lib tizimda o„rtacha 0,5 
MPa bosimni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Elektr yuritmali yonilg„i nasosi 
yonilg„ini keragidan ortiq uzatib beradi va bosim rostlagich ortiqcha yonilg„ini 
yonilg„i bakiga qaytarib yuboradi. Havo miqdorini o„lchash datchigi 12 havo filtri 
va drossel to‟skichi oralig„ida joylashgan bo„ladi va dvigatelga kirayotgan havo 
miqdorini o„lchab EBB ga ma'lumot yuboradi. 
Drossel tuskichini holatini aniqlash datchigi 10(1.8-rasmga qarang) drossel 
to‟skichini holatini va burilish burchagini aniqlaydi. Bu datchik EBB ga 
dvigatelning ish rejimi (salt yurish, to„liq bo„lmagan va to„liq yuklanish) 
to„g„risida ma'lumot berib turadi. Tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniqlash 
datchigi EBB ga tirsakli valning aylanishlar chastotasi to„g„risida ma'lumot uzatib 
turadi. Boshqa datchiklar esa havo va dvigatel haroratini o„lchaydi, ushbu barcha 
datchiklardan kelayotgan signallar elektron boshqarish bloki (EBB)da qabul qilinib 
tahlil qilinadi va shu asosida forsunkalarga impulslar yuboriladi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«L-Jetroni» yonilg‘i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish