1.3 Avtomatlashtirishning ISO 11783 xalqaro standarti ISO 11783 xalqaro standarti QXM va traktorlarda elektron tarmoqlarni joriy
qilinishini qo„llab quvvatlash uchun kiritilgan
2
.
Standart o„ziyurar mashinalar va tizimlar, hamda ish quroli bilan jihozlangan
traktor tizimi - mashina-traktor agregati (MTA)ga tadbiq qilinadi. Quyidagi 1.7-
rasmda ISO 11783 soddalashtirilgan tarmog„i ish quroli bilan jihozlangan qishloq
xo„jalik traktori, ya'ni MTA fonidagi sxematik ko„rinishi keltirilgan.
Tarmoq ikki aloqa yo„llari-kommunikatsiya shinalari (magistrallari): traktor
shinalari (tractor bus) va ish quroli shinalari (implement bus) iborat. Ish quroli,
xususan ushbu sxemada ekish quroli shinasi traktorni, ulagich va qatorlardagi ish
qurollarini qamrab oladi. Shinalar elektron boshqarish bloki (EBB-ECU)
tarmoqlari-traktor EBB (Traktor ECU, 1.7-rasmga qarang) va ish quroli
EBB(Implement ECU) ga ulangan. Vazifa berish va boshqarish kontrolleri
kompyuter kirishida boshqaruvchi kompyuter bilan birga mutanosib ishlaydigan
interfeys mavjud bo„lib, u yuqorida qayt etilgan kontroller va boshqaruvchi
kompyuter o„rtasida ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash imkonini beradi.
Vazifa berish kontrolleri, uning interfeysi, shuningdek, ish quroli kontrolleri
va boshqarish kompyuteri dasturiy ta'minoti o„zaro standartlashtirilgan
kommunikatsiyalarga ega. Boshqarish kompyuteri va vazifa berish kontrollerini
bog„lovchi interfeys esa standartlashtirilmagan. Tarmoq 1.7-rasmda ko„rsatilgan
barcha tarkibiy qismlar - ish quroli va traktorning EBB, vazifalar berish
kompyuteri, mikroprotsessorli bort boshqarish tizimi, virtual terminal, GPS
tarmog„i va boshqalar bilan aloqalarni ta'minlaydi. MTA ni ayni vaqtdagi
qaerdaligi haqidagi (navigatsiya) xabar vazifa berish kontrolleri tomonidan qabul
qilinadi. Shuningdek, traktor dvigateli EBB ga uzatmadagi burovchi momentning
2
) Goering C.E., Stone M.L., Smith D.W. and Turnquist P.K. Off - road vehicle engineering principle. USA,
АSABE,2006 –р.234-235.
20
ayni vaqtdagi qiymatining o„zgarishi egri chizig„i haqidagi xabar ham uzatiladi.
Ayrim xabarlarni uzatish chastotasi sekundiga 100 takrorlikni tashkil etadi
3
.
1.7- rasm. ISO 11783 asosida ishlab chiqilgan mashina traktor agregati elektron tarmog„i sxemasi