7
KIRISH
Insoniyat tarixida XIX-asrning boshlanishi odamning oziq-ovqat va boshqa
ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetishtirishga sarflaydigan
kuch-quvvatining bir
qismini hayvonlar zimmasiga yuklashi bilan (misol uchun, yerga ishlov berishda
omochni yaratib unga ot yoki ho„kizni qo„shib ishlatish), 20-asr boshlanishi esa
ana shu kuch-quvvatlarni endigina yaratilgan issiqlik (bug„ mashinalari va ichki
yonuv) motorlari bilan yuritiladigan mashina va traktorlarga yuklashi (birinchi
traktor 1904 y. da dalaga olib chiqilgan) bilan o„ziga xosdir. 21-asr boshlanishi esa
insonlar ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladigan mashina va jihozlarda odam
ishtirokisiz, ya'ni avtomatik tarzda
boshqarishda elektronika, mikroelektronika va
raqamli axborot texnologiyalariga asoslangan apparat vositalari, mikroprotsessorli
tizimlarni yoppasiga joriy qilinishi bilan e'tiborga loyiqdir.
Inson mehnati, ya'ni uning moddiy ob'ektga ma'lum maqsad asosida
shakllantirilgan ta'siri natijasida sun'iy muhit - turli xil texnik ob'ekt (TO)-
qurilmalar va tizimlarlar yaratildi. Ushbu ob'ektlarda modda, energiya va axborot
o„zgarishlari jarayonlari yuz beradi va inson na faqat ushbu barcha jarayonlar,
balki ularni amalga oshiruvchi turli xil qurilmalar
bilan muloqat qilishga,
aniqrog„i, ularni nazorat qilish va boshqarishga to„g„ri keladi. Ushbu qurilmalar
asosan mashinalarning tizimlari, mexanizmlari, agregatlari, ishchi organlari va b.
ni
avtomatik boshqarish, ularni ish jarayonlarini optimal rejimlarda ishlashini
ta'minlash asosida mashina samaradorligi va ishonchliligini, ishlab chiqarilayotgan
yoki ishlov berilayotgan mahsulot miqdorini oshirish, tannarxini kamaytirish va
sifatini yaxshilash, haydovchi (operator)
mehnatini yengillashtirish, texnikaning
atrof - muhit, ekologiyaga zararli ta'sirini kamaytirish hisobiga katta iqtisodiy va
ijtimoiy samara beradi.
Shu sababdan bo„lg„usi yosh muhandis mutaxassis, o„z sohasidagi turli
ob‟ektlarni avtomatlashtirish bilan bog„liq bo„lgan
kompleks muhandislik va
tashkiliy masalalarni hal qila olishi, ulardagi avtomatik tizimlarni loyihalash va
hisoblash ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak. Bunda ularga "Texnik tizimlarni
boshqarish" fanidan olgan bilimlari yordam beradi. Bu fanni o‟zlashtirish
8
jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlashda o‟quv rejasida ko‟zda tutilgan
amaliy va laboratoriya mashg„ulotlarning ahamiyati katta.
Laboratoriya ishlarini bajarishdan maqsad – transport,
texnologik va qishloq
xo‟jaligi mashinalarida qo‟llaniladigan avtomatik boshqarish, rostlash hamda
nazorat tizimlarini va ularning texnik vositalari (datchiklar, kuchaytirgich-
o‟zgartkichlar, ijro qurilmalari va b.) ni tuzilishi, ishlash
prinsiplarini bevosita
laboratoriya stendlarida tajribalar o‟tkazish jarayonida o‟rganish, tadqiqot qilish
va xarakteristikalarini olishdan iborat.
Amaliy mashg„ulotlarning maqsadi - talabaning nazariy olgan bilimlarini
to„ldirish, mustahkamlash, avtomatik boshqarish tizimlarini hisoblash va tahlil
qilish bo‟yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish, texnologik va transport mashina
va qurilmalarda qo‟llaniladigan avtomatik boshqarish,
rostlash hamda nazorat
tizimlari va ularning texnik vositalarini o‟rganish, tadqiqot qilish, aniq bir topshiriq
bo„yicha transport vositalari va qishloq xo„jalik mashinalarida qo‟llaniladigan
avtomatik boshqarish (rostlash) tizimlarini hisoblash va tahlil qilish ishlarini
bajarishdan iborat.