• Avtomatik diagnostika tizimlari (ADT)
  • Avtomatik boshqarish.
  • Nazorat - o„lchov tizimlari (NO„T)




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/80
    Sana17.01.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #139477
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
    Bog'liq
    TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

    Nazorat - o„lchov tizimlari (NO„T) nazorat qilinayotgan parametrning
    ayni vaqtdagi va o„zgarish sohasidagi qiymati haqida ma'lumotni shu parametrning 
    ruxsat qiymati bilan taqqoslash, kuzatish va saqlash uchun qulay bo„lgan shaklda 
    olishga xizmat qiladi. 
    Avtomatik diagnostika tizimlari (ADT) noma'lum ob'ekt yoki holatni 
    aniqlash va uni ma'lum (etalon) ob'ekt obrazi yoki holati bilan taqqoslash natijasi 
    asosida ikki xil vazifani bajarishi mumkin:


    15 
    -ob'ektning sozligini tasdiklash yoki nosozlik(buzilish)ni joyi va sababini 
    aniqlash;
    -ob'ektning kelgusidagi holatini avval olib borilgan kuzatuvlar natijalarini 
    tahlillari asosida bashorat (prognoz) qilish.
    Ikkala holatda ham diagnostikalashning test va funksional usullari 
    qo„llanishi mumkin. 
    Zamonaviy 
    mashina 
    traktor 
    agregat 
    (MTA)lari 
    va 
    QXMlarda 
    qo„llanilyotgan ANT da ko„pchilik hollarda bir vaqtning o„zida yuqorida ko„rsatib 
    o„tilgan bir necha nazorat vazifalarini ta'minlash mikroprotsessorli tiziimlar 
    vositasida amalga oshirilgan. 
    Avtomatik boshqarish. Agar boshqarish maqsadi aniq shakllantirilgan 
    bo„lsa, uni odam ishtirokisiz biror bir texnik qurilma yordamida, ya'ni avtomatik 
    tarzda avtomatik boshqarish tizimi (ABT) vositasida amalga oshirish imkoniyati 
    yaratiladi. Boshqarish maqsadi shakllantirilganligi nuqtai nazaridan boshqarishni 
    va tegishlicha avtomatik boshqarish tizimlarini bir necha turlarga bo„lish mumkin: 
    rostlash, mantiqiy boshqarish, optimallashtirish, manupulyatsiya asosida 
    boshqarish.
    Avtomatik rostlash tizimi (ART) da boshqaruv maqsadi BO boshqariladigan 
    chiqish parametrini berilgan qiymatda saqlash sharti ko„rinishida tartibga 
    keltirilgan. Boshqaruvchi tizimni bunday holda avtomatik rostlagich deb ham 
    nomlash qabul qilingan. Chiqish kattaligining BOning normal ishlab turishiga mos 
    keladigan vaqt davomidagi o„zgarishlari tartibini belgilaydigan qoida, ko„rsatma 
    yoki matematik bog„lanishlar majmuasiga ko„ra avtomatik rostlagichlar 
    barqaror(stabil)lovchi, programmali va taqlidiy (kuzatuvchi) turlarga bo„linadi. 
    Barqaror(stabil)lovchi ART da BO ning chiqish kattaligi bir xilda 
    (o„zgarmas) ushlab turiladi, ya'ni y(t)=const. Bunday ART stabillovchi tizim ham 
    deyiladi.
    Stabillovchi tizimga misol tariqasida issiqlik dvigateli (ID) vali aylanish 
    tezligini ART ni keltirish mumkin. Qurilmaning prinsipial sxemasi 1.6-rasmda 
    keltirilgan.


    16 
    Bunda BO - ID va ishchi mashina (IM), D – drossel (to„sqich) boshqarish 
    organi vazifasini bajaradi. Ob'ektning boshqariluvchi kattaligi - valning aylanish 
    tezligi 
    ω
    drossel(to„sqich)ning ochilish burchagi 

    va ishchi mashina hosil 
    qilayotgan qarshilik momentiga M
    n
    bog„liq. ART (rostlagich)ni asosiy qismi 
    markazdan qochma tezlik o„lchagich (MQTO„)dan iborat bo„lib, u richaglar orqali 
    D drossel bilan bog„langan. ID vali aylanish tezligi oshganda yukchalarda hosil 
    bo„lgan markazdan qochma kuch ta'sirida prujina Pr siqiladi va shtok (Sh)ni pastga 
    siljitadi va richag R orqali drosselni ochilish burchagi(

    )ni kamaytiradi. Natijada 
    dvigatelga kelayotgan yonilg„i miqdori kamayadi, bu esa uning aylanish 
    tezligi(ω)ni kamayishiga, ya'ni oldingi boshlang„ich qiymatiga yaqin miqdorga 
    kelishiga olib keladi. 
    1.6-rasm. Issiqlik dvigateli vali aylanish tezligini barqarorlovchi
    tizimning prinsipial sxemasi 
    IDning boshlang„ich aylanishlar tezligi 
    0

    drosselni boshlang„ich ochilish 
    burchagi va MQTO„ prujinasini oldindan siqish kattaligi bilan beriladi. Buning 
    uchun «topshiriq» beruvchi maxsus dastak o„rnatilgan. 
    Mavjud ko„plab ARTlari stabillovchi tizimga misol bo„la oladi: turli 
    idishlardagi suyuqlik sathini rostlash tizimlari, suyuqlik va gazlar temperaturasi va 
    bosimini ART, QXM ishchi organlarini holati yoki aylanish tezliklari ART va h.k. 


    17 
    Programmali boshqarish. Bunda tizimning chiqish kattaligi oldindan 
    berilgan programma bo„yicha o„zgaradi. Ushbu ishlash algoritmi (IA) joriy 
    qilingan tizimlar programmali ARTlar deyiladi. 
    Programmalar vaqtda (vaqt programmali boshqarish) va fazoda (fazoviy 
    programmali boshqarish) berilgan bo„lishi mumkin. Programmali ABTlarda asosiy 
    masala berilgan programmani berilgan aniqliqda boshqarish jarayonida qo„llashdir. 
    Programma topshirgich (zadachnik) tomonidan IA talablariga mos bo„lgan 
    tartibdagi komandalar ko„rinishida beriladi. Topshirgich sifatida vaqt programmali 
    ABTlarida soat mexanizmi yoki programmali vaqt relelari qo„llanilishi mumkin, 
    fazoviy programmali ABTda esa turli andoza shablonlar ishlatiladi, zamonaviy 
    tizimlarda programmalar raqamli ko„rinishida beriladi, masalan ChPU stanoklarida 
    va h.k. 
    Taqlidiy (kuzatuvchi) boshqarish tizimida IA BO chiqish kattaligini kirish 
    kattaligining o„zgarishini takrorlashni ko„zda tutadi. Bunda kirish kattaligining 
    o„zgarishi oldindan ma'lum emas. Taqlidiy tizim o„ziga xos quvvat kuchaytirgich 
    vazifasini bajaradi, ya'ni g„alayonlanish mavjud bo„lganda kirish kattaligini 
    o„zgarishini aniq qayta takrorlash vazifasini bajaradi. Bunday tizimga burchak, 
    aylanish chastotasi, moment, kuchlanishni, tokni va h.k. parametrlarni takrorlash 
    asosida ishlaydigan tizimlar misol bo„la oladi, jumladan, traktor va avtomobillar 
    gidrokuchaytirgichli rul boshqaruvi tizimlari, QXM ishchi organlarini vertikal va 
    gorizontal tekisliklarda rostlash tizimlari, mobil mashinalarining avtomatik yuritish 
    tizimlari va b. 
    Avtomatik mantiqiy boshkaruv tizimining vazifasi boshqaruvchi ta'sir 
    qiymati bilan BO ning turli kattaliklari bilan va/yoki g„alayonlantiruvchi ta'sirlar 
    bir-biri bilan bog„lanishlarini ta'minlash iborat. 
    Avtomatik 
    optimallash 
    tizimida 
    boshqarish 
    maqsadi 
    BO 
    ishlash 
    samaradorligini ma'lum mezonlari qiymatlarini min yoki max darajasini ta'minlash 
    sharti asosida shakllantiriladi. 
    Manupulyatsiya asosida boshqarish tizimida boshqarish maqsadi bir necha 
    erkinlik darajasi ega bo„lgan fazoviy ko„p zvenoli mexanizmning yakuniy zvenosi 


    18 
    bo„lgan, har biri alohida boshqariladigan yuritmaga ega ishchi organ, qisqich, 
    ishchi asbob harakati traektoriyasi va rejimi ko„rinishida beriladi. 
    ABT lari boshqarish prinsipiga ko„ra ochiq va berk zanjir(kontur)li
    1
    bo„lishi 
    mumkin. Boshqarish prinsipi tizimning IAni uning haqiqiy ishlash jarayoni va 
    berilgan yoki g„alayonlantiruvchi kattaliklar bilan qaytarzda muvofiqlashtirishni 
    (bog„lanishni) belgilab beradi. O„z navbatida berk konturli tizimlar boshqariluvchi 
    (chiqish) kattaligini berilgan qiymatga nisbatan og„ishiga ko„ra (Polzunov-1765y. -
    Uatt-1784y.prinsipi) va BO ga bo„layotgan g„alayonlantiruvchi ta'sirni 
    kompensatsiyalash (o„rnini to„ldirish, muvozanat holatga qaytarish) (J.Ponsole-
    1830y. prinsipi) asosida boshqarish tashkil qilishi mumkin. 
    Ochik kontur bo„yicha boshqarish prinsipi shundan iboratki, bunda 
    boshqarish algoritmi faqat BO IA asosida boshqarish qurilmasining ishlashini 
    ta'minlovchi ma'lum bir qonuniyatlar tanlash yo„li bilan amalga oshiriladi va bunda 
    boshqariladigan kattalikning ayni vaqtdagi qiymati hisobga olinmaydi, ya'ni 
    BOning boshqarish qurilmasiga teskari ta'siri, ya'ni bog„lanishi yo„q. Yuqorida 
    tavsiflangan programmali boshqarish asosida ishlaydigan tizimlar, IYoD gaz 
    taqsimlash mexanizmi (GTM) va b. ochiq zanjir bo„yicha boshqarish prinsipida 
    ishlaydigan ABT lar misol bo„la oladi. 
    Berk kontur bo„yicha boshqarish prinsipida boshqaruv ta'siri ob'ektning 
    chiqish kattaligini berilgan qiymatga nisbatan og„ishiga ko„ra yoki 
    g„alayonlanishning zararli ta'siri natijasida ular orasida sezilarli tengsizlik paydo 
    bo„lishidan avvalroq shakillantiriladi. Ikkala holda ham tizim sxemasiaga teskari 
    bog„lanish degan qo„shimcha bog„lanish kiritiladi va berk ABT hosil qilinadi. 
    Yuqorida ta'kidlab o„tilgandek, chiqish kattaligining belgilangan qiymatdan 
    og„ishiga qarab avtomatik boshqarish avtomatik rostlash deyiladi, bu prinsip 
    amalga oshirilgan tizimga esa avtomatik rostlash tizimi (ART) deb ataladi. 
    Misollar: quvurdagi gaz bosimini ART, IYoD vali aylanish chastotasi ART
    idishdagi suyuqlik sathini ART va h.k. Bu prinsipda ishlaydigan ABTdagi teskari 
    bog„lanishlar musbat va manfiy bo„lishi mumkin. Agar teskari bog„lanish signali 
    1
    ) Srivastava A.K., Goering C.E., Rohrbach R.P., Buckmaster D.R. Engineering principles of agricultural machines.
    ASABE, 2006 - р.134-135
    .


    19 
    tizim chiqish kattaligi uchun berilgan qiymatni kamaytirsa manfiy teskari 
    bog„lanish bo„ladi, aks holda, ya'ni uning qiymati berilgan qiymatga ko„shilsa 
    musbat teskari bog„lanish deyiladi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish