Ichki yonuv dvigatellarini elektron boshqarish tizimlari




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

1.4. Ichki yonuv dvigatellarini elektron boshqarish tizimlari 
Ichki yonuv dvigateli (IYoD)larining ta'minlash tizimida yonilg„i 
aralashmasini tayyorlash sifati dvigatellarning quvvatiga, burovchi momentiga va 
yonib bo„lgan chiqindi gazlarning tarkibiga ta'sir ko„rsatadi. Karbyuratorli yonilg„i 
ta'minlash tizimi bir vaqtning o„zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg„i 
tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo„yicha qo„yiladigan 
talabga javob bera olmaydi. 
Karbyuratorli IYoDlarning ta'minlash tizimining asosiy kamchiligi 
quyidagidan iborat: 
- silindrlar karbyuratordan har xil masofada joylashgan. Buning natijasida 
dvigatelning silindrlariga uzatilgan yonilg„i miqdori bir xil bo„lmaydi. Bu esa 
dvigatelning quvvatini oxirigacha avj oldira olmasligi, tirsakli valdagi burovchi 
3
).Goering C.E., Stone M.L., Smith D.W. and Turnquist P.K. Off- road vehicle engineering principle. USA, 
АSABE,2006 –р.234-235. 


21 
momentni ravon bo„lmasligi, dvigatelning tejamkorligini pasayishi, chiqindi 
gazlardagi zaharli moddalarni ortishiga olib keladi; 
- yonilg„i aralashmasi karbyuratorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor 
aralashma uzatiladi, ya'ni yonilg„i so„rilayotgan havo oqimi ichida mayda 
zarrachalarga aylantiriladi. Bunda yonilg„i yaxshi parchalanmaydi va benzinning 
nisbatan yirik (100-120 mkm) tomchilari hosil bo„ladi. Bu havo va benzinni yaxshi 
aralashmasligiga, silindrlarga turli tarkibdagi yonilg„i aralashmasi kiritilishiga, 
yonilg„ining bir qismi kollektor va silindr devorlarida qolib ketishiga va provardida 
yonilg„i sarfi oshishiga olib keladi.
Bu kamchiliklar zamonaviy avtomobil IYoD larida har bir silindrning 
kiritish klapanlari yaqinida yonilg„i aralashmasini tayyorlab silindrlarga purkashni 
amalga oshiruvchi elektron tizimni qo„llash orqali bartaraf qilindi. 
Elektron yonilg„i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega: 
- tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi; 
- yonilg„i aralashmasi aniq tarkibga ega; 
- yonilg„i majburiy bosim ostida purkalganda yonilg„i tomchilari ancha 
kichik o„lchamlarda bo„ladi-markaziy forsunkadan 1,1bar bosim bilan 
purkalganda, yonilg„i tomchisining diametri 50…60 mkm dan oshmaydi, yopiq 
turdagi forsunkadan 5,2 bar bosim bilan purkalgan yonilg„i tomchisining o„lchami 
20-30 mkm doirasida baladi. Purkalayotgan yonilg„i tomchilari diametri 10-15 
mkm doirasida bo„lsa benzinni havo bilan aralashishi molekulyar darajada sodir 
bo„ladi. Bunday aralashmani dvigatelning barcha ish rejimlarida silindrlarga 
uzatilayotgan (ya'ni purkalanayotgan) miqdorini juda katta aniqlik bilan ulush 
(doza)lash mumkin. Bu esa o„z navbatida IYoD larining tejamkorligini oshirish, 
barcha aylanishlar chastotasida burovchi momentni barqarorligini ta'minlash, 
quvvatini oshirish, chiqindi gazlardagi kanserogen (zaharli) moddalar miqdorini 
kamaytirish imkonini beradi;
- yonilg„i aralashmasi tarkibini uzoq muddat barqaror ushlab tura oladi. 


22 
Zamonaviy avtomobil dvigatellarining ta'minlash tizimida K - Jetronic, Ke - 
Jetronic, L - Jetronic, Le - Jetronic, LN - Jetronic, Mono-Jetronic va b. yonilg„i 
purkash tizimlari qo„llaniladi. 
Ana shunday tizimlardan biri L - Jetronic tizimini tuzilishi va ishlashini 
ko„rib chiqamiz. 
«L-Jetronic» - bu dvigatelning tejamkorligini sezilarli darajada oshiruvchi, 
chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni kamaytiruvchi va avtomobilni umumiy 
dinamikasini yaxshilovchi ancha takomillashgan tizimdir. 
 Vazifasi. Yonilg„i aralashmasini kerakli tarkibda har bir silindrlarning kiritish 
klapanlari yaqinida ish rejimiga mos ravishda tayyorlab berish. 
Tuzilishi.Tizim quyidagi funksional bloklardan tashkil topgan: ishga 
tushirish tizimi; datchiklar; boshqarish bloki; yonilg„i uzatish tizimi. 
Ishga tushirish tizimi dvigatelga kerakli miqdorda havo uzatib beradi. Bu 
tizim havo filtri, kiritish quvurlari, drossel to„skichi va har bir silindrga kiritish 
quvurlaridan tashkil topgan. 
Datchiklar dvigatel ish rejimining quyidagi muhim ko„rsatkichlarini aniqlab 
beradilar: 
- dvigatelga uzatilayotgan havo miqdori; 
- drossel tuskichining holati; 
- dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi; 
- dvigatel harorati; 
- havo harorati. 
Elektron boshqarish bloki(EBB)da datchiklardan kelayotgan ma'lumotlar 
qayta ishlanib ish rejimiga mos ravishda purkash forsunkasi boshqariladi. 
Yonilg„i uzatish tizimi yonilg„ini bakdan purkash forsunkalariga yetkazib 
berish, ishlash uchun zarur bo„lgan bosimni hosil qilish va ushlab turish uchun 
xizmat qiladi. Yonilg„i uzatish tizimi yonilg„i nasosi, yonilg„i filtri, yonilg„i 
taqsimlash quvuri, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash 
forsunkalaridan tashkil topgan. 


23 

Download 5,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichki yonuv dvigatellarini elektron boshqarish tizimlari

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish