1.5 Zamonaviy mashinalarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari Zamonaviy transport-texnologik mashina va jihozlarning tarkibiga kiruvchi
transport vositalari (TV) va transport-texnologik majmualar va uskunalar orasida
avtomatik tizimlar bilan ta'minlanganlik darajasi yo„lovchi tashish avtomobillarida
nisbatan yuqoriroq bo„lganligi sababli zamonaviy mashinalarning avtomatik va
avtomatlashtirilgan boshqarish (himoyalash, rostlash, nazorat va h.k.) tizimlarini
eng so„nggi modellardagi avtomobillar misolida ko„rib chiqish maqsadga muvofiq.
27
Avtomobillarda avtomatik tizimlar birinchi navbatda ob'ektning xavfsizligini
ta'minlashga qaratilgan bo„lib, ular ikki turga bo„linadi–aktiv va passiv xavfsizlik
tizimlari.
Aktiv xavfsizlik tizimlariga quyidagilar kiradi:
• tormozlanishda g„ildiraklarni blokirovkalanishiga qarshi tizimlari;
• shataksirashga qarshi tizimlar;
• yo„nalish turg„unligini ta'minlash tizimi;
• tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi;
• favqulotda tormozlanish tizimi;
• piyodani aniqlash tizimi;
• differensialni elektron blokirovka qilish tizimi.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari komponentlari:
• xavfsizlik kamarlari;
• xavfsizlik kamarlarini taranglatgichlar;
• aktiv bosh tagliklar;
• havo yostiqchalari;
• kuzovning havfsiz konstruksiyasi;
• akkumulyator batareyalari zanjirini favqulotda uzgichi;
• boshqa qurilmalar (kabrioletta ag„darilishga qarshi himoya tizimi, bola xavfsizligi
tizimlari va b.).
1.5.1. G„ildiraklarni blokirovkalanishini bartaraf qiluvchi tormoz tizimlari G„ildiraklarni blokirovkalanishini avtomatik bartaraf qiluvchi tormoz tizimi
yoki antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) (ABS – Anti-Bloking-System) birinchi
marta 1978 yilda «BOSH» firmasi taklifi bilan kiritilgan. Hozirgi vaqtda ABTT -
ABS tizimi bilan AQSh da 69%, Yaponiyada 50%, Germaniyada 63%
avtomobillar jihozlangan.
1991 yilning 1 oktyabridan yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar hududida
huquqiy qoidalarga asosan tirkamalar bilan tashishga mo„ljallangan yuk
avtomobillari, to„liq massasi 16 tonna bo„lgan o„rnatma avtopoezdlarda, 10
28
tonnadan ortiq bo„lgan tirkamalarda va 12 tonnadan ortiq bo„lgan avtobuslar
tormoz tizimlarida g„ildiraklarni aylanishdan to„xtab qolishi - blokirovkalanishiga
qarshi antiblokirovkali tormoz tizimi (ABTT) o„rnatilishi zarur deb belgilangan.
Ushbu normalarni ancha yengil bo„lgan transport vositalari (to„liq massasi 3,5 t
dan ortiq bo„lgan) uchun ham kengaytirish mo„ljallanmoqda. Ushbu meyoriy
xujjatda tormozlanish jarayonida avtomobil va g„ildiraklarning holati va
sekinlashishiga oid tasnifnomaga bog„liq ravishda bir-biridan farq qiladigan ABTT
larining uch kategoriyasi ko„rsatilib o„tiladi.
Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilarining aksariyati 1 kategoriya ABTT
larini o„rnatadi (bu tizimlar YeES 71/320 ko„rsatmasining barcha talablariga javob
beradi). Barcha ABTT o„t oldirish tizimi ishga tushishi bilan ishga tushadigan va 2
soniyadan keyin o„chadigan haydovchini ogohlantirish–xabarlovchi chiroqchalar
(yorug„lik diodlari) bilan jihozlangan bo„lishi kerak. Agar ushbu chiroqchalar
avtomobilni boshqarish vaqtida yonsa nosozliklar aniqlanganligini xabar beradi.
Bu ABTT ni to„liq o„chirilganini bildirishi mumkin.
Turli ishlab chiqaruvchilarning ABTT li tortib yuruvchi mashinasi
(tyagachi) va tirkamalari birgalikda ishlatilishi mumkin, agar ularning ulanadigan
elektr ulagichlari DIN 7638 ga muvofiq bajarilgan bo„lsa. ABTT ning qisman
ishlatilishi ham (yoki tyagachda yoki tirkamada) tormozlanish jarayonini ABTT
umuman yo„q bo„lgani bilan solishtirganda anchagina yaxshilanishi aniqlangan.
Tormozlanishda g„ildiraklarning blokirovka bo„lib qolishi ("sirpanib"
harakati) quyidagi sabablarga ko„ra maqsadga muvofiq emas: Blokirovkalanib
tormozlanishda avtomobil yoki avtopoezdning yo„nalish turg„unligi yo„qoladi,
g„ildiraklarni tez-tez blokirovka bo„lishi va undan kelib chiqib “sirpanib”
harakatlanishi shinalarning tez yeyilishi va xizmat muddatini qisqarishiga olib
keladi, tormozlanish samaradorligi kamayadi. Provardida ABTT avtomobillarning
tormoz xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi (1.10-rasm) . ABTT ning vazifasi – tormozlanishda avtomobil g„ildiraklarini blokirovka
bo„lishini bartaraf etish, juda bo„lmasa uzoq blokirovka bo„lishidan (minimal
vazifa) va tormozlanishda g„ildirakni tayanch yuza bilan ilashish koeffitsienti
29
optimal bo„lgan (maksimalga yaqin) tormozlanish rejimini avtomatik aniqlash va
ushlab turish.
G„ildirakning tormozlanish jarayonida unga aylanishga halaqit beradigan va
g„ildirakni yo„l bilan kontaktida tormoz kuchi