35
g„ildiraklar orasida tormoz kuchini optimal taqsimlash uchun ABTTdan
foydalanadi.
Undan tashqari, burilayotganda tormozlashda chap va o„ng g„ildiraklar
orasida tormozlash kuchini taqsimlashni EBB nazorat qilib, avtomobil
boshqariluvchanligini
saqlashda
yordam
beradi.
Shoshilinch
tormozlash
kuchaytirgichining asosiy vazifasi – shoshilinch tormozlashda haydovchi pedalga
yetarlicha kuch bilan bosa olmagan holda qo„shimcha tormoz kuchini yaratish
bo„ladi. Kuchaytirgich avtomobil tormozlanish quvvatini oshiradi. Yo„lsizlik
bo„ylab harakatlanganda bu funksiya dvigatelning burovchi momentini
kamaytiradi, buksovka qilayotgan g„ildirak tormozining gidroyuritmasida bosimni
oshiradi va bekorga sarflanayotgan tortish kuchini ishqalanishni oshiruvchi
differensial yordamida qolgan g„ildiraklar orasida taqsimlaydi. Natijada og„ir yo„l
sharoitlarida avtomobilning o„tuvchanligi ortadi.