|
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirishBog'liq Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)
1.4.
Podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar
Elektr energiyasini qabul qilish, o‘zgartirish, taqsimlash va
iste’molchilarga
taqsimlash
uchun
xizmat
qiladigan
elektr
qurilmalarga podstansiyalar deyiladi. Podstansiyalarning kuchlanish
miqdorini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi hamda o‘zgaruvchan tokni
o‘zgarmasga o‘zgartiruvchi turlari bo‘ladi. Kuchlanish miqdorini
oshiruvchi podstansiyalar elektr stansiyalarda qo‘llaniladi. Kuchlanish
miqdorini pasaytiruvchi podstansiyalarga konchilik korxonalarining
tashqi elektr ta’minoti tizimidagi sanoat majmuasi podstansiyalari,
shahar yoki tuman podstansiyalari, ichki elektr ta’minoti tizimidagi
bosh pasaytiruvchi podstansiyalar, uchastka podstansiyalari kiradi. Shu
bilan birga konchilik korxonalarining temir yo‘l transporti uchun
o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga aylantiruvchi podstansiyalar
ishlatiladi, bularni yana to‘g‘rilovchi yoki tortish podstansiyalari deb
ham ataladi.
Podstansiyalar uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi:
bular yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilma (YUKTQ); kuch
transformatorlari yoki to‘g‘rilovchilar; past kuchlanishli taqsimlovchi
qurilmalar (PKTQ). Bunda yuqori kuchlanish va past kuchlanish kuch
transformatorlarining birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlariga
nomlangan.
Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmaning vazifasi elektr
energiyani qabul qilish, kuch transformatorlariga uzatish va kuch
transformatorlarini avariya holatlaridan himoya qilishdir.
Kuch transformatorlari elektr energiyaning kuchlanishini pasay-
tirish vazifasini bajaradi. To‘g‘rilovchilarning vazifasi o‘zgaruvchan
tokni o‘zgarmasga aylantirishdir.
|
| |