25
Elektr ta’minotining o‘ta ishonchliligi va ishlatishda zaxira elektr
tarmoqqa o‘tkazib ulashlarning qulayligi uchun yirik elektrostansiyalar
va podstansiyalarda shinalarning ikkitali tizimi qo‘llaniladi, ammo
buning uchun har bir alohida holatda tegishli ammo asoslash talab
qilinadi.
Elektr qurilmaning normal ishlashida bitta shinalar tizimi asosiy
ishchi, ikkinchisi zaxiradagi bo‘ladi (1.14–rasm). Bu tizimlar bir–biri
bilan shina ulovchi uzgich vositasida ulanadilar.
1
SHUU
2
1.14–rasm. Shinalarning ikkitali tizimi
Ba’zida shinalarning asosiy (ishchi) tizimi seksiyalarga ajratiladi.
Har bir seksiyada o‘zining shina ulovchi uzgichi bo‘ladi (1.15–rasm).
Shinalarning ikkitali tizimi qo‘llanilganda profilaktika va ta’mir-
lash ishlarini bajarishda elektr energiyaning uzilish bo‘lmaydi, chunki
SHUU–shina ulovchi uzgichlar vositasida zaxira tizimiga o‘tkazib ulab
qo‘yiladi.
SU
2
1
C2
C1
SHUU
SHUU