Operatsion tizim apparatura va ilovalar orasida vositachi bo„lishi kerak. Minglab har xil
Operatsion tizim sozlanadigan bo„lishi kerak. Bugun siz sichqon yordamida
Operatsion tizim do„stona bo„lishi kerak. Buning ma‟nosi – u tushunarli va qulay bo„lishi
lozim. Lekin bu hali kam. U foydalanuvchi didi bo„yicha sozlanishi zarur. O„zbekistonda
70
Operatsion tizim «shaffof» («прозрачный») bo„lishi kerak. Deraza oynasidan ko„chaga
qaraganingizda ko„p qiziq voqealarni ko„rasiz. Bunda oynadan foydalanasizmi? Albatta!
Sizning xayolingizga shisha nimadan tayyorlanganligi keladimi? Shisha qaysi usulda
tayyorlanganligi sizni tashvishlantiradimi? Siz shishaga e‟tibor bermaysiz va hattoki uni
sezmaysiz. Undan faqat foydalanasiz va u qanchalik kam sezilsa (unda chang qanchalik
kam bo„lsa), u shunchalik yaxshi xizmat qiladi.
Operatsion tizim uchun «shaffoflik» – ahamiyatli xossa.
Gap shundaki, «do„stona» tizim
«oddiy» tizim degani emas. Axir imkoniyatlarning har xilligiga faqat turli sozlashlarning mo„l-
ko„lligi bilan erishiladi. Bu esa oddiylik emas.
Demak, yechim «shaffoflik»da. Yosh bilan o„ziga kerak bo„lgan narsani o„zining darajasida
tez o„zlashtirib olishi lozim. Tajribali foydalanuvchilar chuqurroq, har biri o„z darajasiga yarasha,
anglashi mumkin. Faqatgina, operatsion tizim bilan ishlagani
uchun maosh olayapmiz deb
hisoblovchi mutaxassislargagina, u oxirigacha namoyon bo„ladi. Shunda ham, hamma ham emas va
hamma vaqt ham emas.
Operatsion tizim dasturaviy ilovalar bilan qo„llab-quvvatlanishi zarur. Agar uning uchun
dasturlar qilinmasa, bunday yaxshi tizimdan nima foyda? Kompyuter bilan ishlashdan
maqsad axir operatsion tizim bilan emas, balki dasturlar bilan ishlashda-ku.
Zamonaviy operatsion tizimlardan ko„p masalalilik talab qilinadi. Bir vaqtning o„zida bir
necha dasturlar bilan ishlash juda qulay. Bu holda sizning qo„lingizda matn,
illyustratsiyalar, musiqa va videokliplarni o„z ichiga olgan murakkab hujjatlarni yaratishda
qudratli qurol bo„ladi.
Agar operatsion tizim bitta kompyuterga xizmat ko„rsatishni qoyillatsa, shuning o„zi ham
yaxshi. Lekin bu yetarli emas. Kompyuterlarning asosiy massasi bugungi kunda
tarmoqlarda ishlamoqda, buning uchun esa faqat bir kompyuternigina emas, balki butun
tarmoqqa xizmat ko„rsata oladigan maxsus operatsion tizimlar zarur.
Va, albatta, operatsion tizim ishonchli ishlashi darkor. U sizni tuzatib bo„lmaydigan
xatoliklardan asrashi, ishlayotgan dasturlarning ishdan chiqishiga yo„l qo„ymasligi va
mabodo bunday hol ro„y bersa, avariyali vaziyatdan bezarar chiqish imkonini bersin.
Operatsion tizimga bunday bo„lgan ahamiyatli talab – xavfsizlikdir. U nisbatan yaqinda
paydo bo„ldi va kompyuter tarmoqlari bilan bog„liq. Operatsion tizim informatsiyani
o„g„irlashdan va ularga zarar yetkazishdan himoya qilish uchun
zarur vositalarni taqdim
etishi kerak. Agar sizning kompyuteringiz tarmoqning bir qismi bo„lib qolsa, masalan,
Internetga ulangandan keyin, demak unga shunday operatsion tizim kerakki, yovuz niyatli
odamga aloqa seansi paytida kompyuteringizdagi informatsiyani o„chirishga yo„l
qo„ymasin.
Xulosaga quyidagilarni aytamiz: agar protsessor kompyuterning miyasi bo„lsa, bikr disk –
uning yuragidir, operatsion tizim esa – kompyuter qalbidir. Inson qalbi kabi uni na ko„rib bo„ladi va
na ushlab bo„ladi, lekin uning namoyon bo„lishiga biz doim duch kelamiz. Operatsion tizimsiz
kompyuter o„likdir.