66
videosignal trakti sxemasini qo„llashadi. Tasvir elementi o„lchami qanchalik kichik bo„lsa, uni
ekranda aniq tasvirlash uchun shunchalik katta chastota zarur. Televidenieda signal polosasi 6,5
MGts bilan cheklangan, yo„qsa teleefirda shuncha telekanallar joylasha olmas edi. Surat monitorga
kabel orqali uzatilgani uchun, bu erda bunday cheklashlar yo„q va hammasi faqat monitorning
sxemotexnik yechimiga bog„liq. Zamonaviy monitor 15 dyuymli modellar uchun 85-100 MGts enli
videosignal o„tkazib yuborish polosasiga ega bo„lishi, 17 dyuymlilar uchun 110-150 MGts va katta
o„lchamli modellar uchun 200 Mgts dan katta o„tkazib yuborish polosasiga ega bo„lishi kerak.
O„tkazib yuborish polosasi qanchalik katta bo„lsa, berilgan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati uchun
monitor shunchalik katta yangilanish chastotasi (refresh rate)ni ta‟minlashi mumkin.
Ekran donadorligi (зернистость)
Zarur bo„lgan o„tkazib yuborish polosasi ta‟minlanganda va signal elektronli-nurli trubkaga
aniq (tiniq) mayda detallari bilan tushganda, biz monitorning boshqa parametriga – «
maska
qadami»ga yoki oddiychasiga «
donadorlik» (зерно)ka duch kelamiz. Gap shundaki, rangli
televizorda va monitorlarda ekran (ich tomonidan) uch rang – qizil, yashil va ko„k rangda
nurlanadigan lyuminofor mayda zarrachalari bilan qoplangan. Uchta yonma-yon joylashgan
zarrachalar triada hosil qiladi. Agar oq rangda nurlanayotgan ekranga lupa ostida qarasak, haqiqatda
uch rangli zarrachalar nurlanayotganini va ular qo„shilib oq rang hosil qilayotganini ko„ramiz.
Triada elementlari har xil intensivlikda nurlanganda qolgan hamma ranglar hosil bo„ladi,
masalan, triadaning faqat qizil va yashil elementlari nurlanganda, biz sariq rangni ko„ramiz. Triada
alohida elementlarining nurlanishini boshqarish uchun uch elektron nurdan foydalaniladi; ular
ekranning hamma triadalarini yoyilish (развѐртка) chastotasida aylanib chiqadi. Har bir o„zining
triadasi elementiga aniq tushishi uchun, ekran lyuminofor qoplamasi ustida maxsus maska (setka)
joylashadi, unga tushgan nur aniq o„zining triadasi elementiga og„adi.
Natijada biz ko„ramizki, rangli monitor ekrani, lyuminofor qatlami yaxlit va bir xil bo„lgan
monoxrom monitordan farqli o„laroq, donador (dona-dona) strukturaga ega. Donalar o„lchami
qanchalik kichik bo„lsa, trubka shunchalik katta ravshanlikni ta‟minlaydi.
Birinchi rangli monitorlar «dona»larining o„lchami 0,42 mm edi. Yuqori ruxsat etiladigan
grafikaviy rejimlar paydo bo„lishi bilan monitorlardan foydalanish mumkin bo„lmay qoldi: mayda
detallar, masalan, ingichka vertikal polosalar jimirlab kamalakning hamma ranglari bilan qo„shilib
ketadigan bo„ldi. Shundan keyin «donador»ligi 0,31 mm va 0,28 mm bo„lgan trubkalar paydo bo„ldi.
Bugungi kunda eng ko„p tarqalgan «donadorlik» 0,27 mm, qimmat modellarda esa 0,26-0,24 mm
bo„lgan trubkalarni qo„llashmoqda.