64
qurilmalari faqat murakkab bo„lmagan rasmlarni, masalan bitta argumentning birgina ma‟nosi
bo„lgan funktsiyalarining grafiklarini kodlashda qo„llanadi, chunki murakkab tasvirlarni kiritayotgan
tasvir elementlarini tanishda ancha qiyinchiliklar tug„iladi.
Yarimavtomatik qurilish qurilmalari murakkab grafikaviy tasvirlarni,
masalan mashinasozlik
chizmalarini, tasvirlashda foydalaniladi. Ularda GIni o„qishni shchup (щуп) yoki vizir yordamida
operator bajaradi. O„qilgan informatsiyani elektron blok qabul qiladi va kodlaydi. U oraliq
tashuvchiga, masalan magnitli lentaga, yozilishi yoki kanal bilan tutashish
bloki orqali EHMga
uzatilishi mumkin.
GI kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega bo„ladi, unda hujjat hamda alfavitli-
raqamli informatsiyani kiritish uchun alfavitli-raqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi.
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi k o d l a r n i o l i s h u s u l i b o „ y i c h a
GIni kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va boshqalarga bo„lish mumkin.
Optik-mexanik qurilmalarda qo„zg„aluvchi koordinat tizimidan foydalanishadi.
Registratsiya
qiluvchi organ – krestli linza ko„rinishidagi vizir – ishchi maydon bo„ylab ikkita karetka yordamida
siljiydi. Aylanuvchi o„yiqli disk vizir bilan bog„langan. Fotoelektrik datchik impulslarni ishlab
chiqadi, ular soni vizir siljishiga proportsional.
x va
y koordinatalari bo„yicha siljishga mos impulslar
sonini schyotchiklar hisoblaydi. Karetka harakati tugagach schyotchiklarda qayd qilingan kodlar
koordinatalar qiymatlariga mos keladi. Bu qurilmalarda koordinatalarni o„lchash aniqligi 0,25...0,4
mm. Ularning kamchiligi – mexanik uzellarning murakkabligidir.
GIni kiritish setkali qurilmalari murakkab qo„zg„aluvchi mexanik uzellarga ega emas. Planshet
tekisligi bir-biri bilan elektr izolyatsiyalangan o„zaro perpendikulyar shinalar bilan diskretlanadi.
Registratsiya qiluvchi organ (shchup) va setka o„tkazgichlari orasidagi aloqa sig„imli, induktiv yoki
kontaktli bo„lishi mumkin. Birinchi ikki holda setka shinalari tok impulsi bilan ketma-ket
induktsiyalanadi (uyg„onadi). Shchup ostida joylashgan shina uyg„ongan
paytda shchup datchigida
EYuK uyg„onadi. Bu signal kuchaygandan so„ng schyotchik to„lishi jarayonini tugatadi.
Schyotchikda fiksatsiyalangan kod koordinata qiymatiga mos bo„ladi. Kontakt qurilmalarda shchupni
bosib setka o„tkazgich (sim)larini tutashtirishadi. Setkali kiritish qurilmalarda o„lchash aniqligi setka
qadami bilan aniqlanadi va odatda 0,25... 0,5 mm bo„ladi.
Qolgan qurilmalarga akustik va rezistivli qurilmalar kiradi. Akustik qurilmalarning ishlash
printsipi manba (ishchi organ)dan priyomnikkacha tovush tarqalishi vaqtini o„lchashga asoslangan.
Akustik qurilmalarning kamchiliklari – to„siqqa bardoshligi va aniqligining kamchiligidir. Rezistiv
qurilmalarda o„tkazuvchanligi bir xil bo„lgan o„tkazuvchi materialdan qilingan planshetdan
foydalaniladi. Planshet chekkalari stabil ta‟minlash manbasiga ketma-ket ulanadi.
Informatsiyani
tashuvchi rezistiv qatlamga tekkunicha zond bilan sanchib qadaladi. Bunda zonddagi kuchlanish mos
koordinataga proportsional bo„ladi. Aniqligining kamligi va chizmani sanchib teshish zarurati tufayli
bunday qurilmalardan keng foydalanilmadi.