61
bo„yicha piksellar soni haqida gapirishadi.
VGA rejimida aniq va har xil tasvirlash qobiliyati –
640x480 nuqta. Bugungi kunda
SVGA – 800
600, 1024
768, 1280
1024, 1600
1200 va undan ko„p
nuqtalar rejimlari qo„llanmoqda.
Bir paytda aks ettiriladigan ranglar sonini
rang chuqurligi (
глубиной цвета
) yoki
rang
tasvirlash qobiliyati (
цветовое разрешение
) deb atashadi. Rang tasvirlash qobiliyati tasvirning
har bir nuqtasi uchun xotiraning necha biti ajratilganiga bog„liq. Sakkiz bit ajratilganda mumkin
bo„lgan ranglar soni 256 (ikkining sakkizinchi darajasida)ta, 16 bit 65 536 rangni beradi – bu rejim
High Color deb ataladi,
True Color (16 777 216 rang) rejimi piksellar rangini kodirovkalash uchun
24 bitdan foydalanilganda erishiladi.
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir nuqtaga 32 bit,
lekin bunda ko„rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo„shimcha razryadlarda saqlanadigan informatsiya
maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks ettirish operatsiyalarini tezlashtirish
uchun yoki poligrafiya
mahsulotini tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun
foydalaniladi.