|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|
bet | 47/74 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 389,02 Kb. | | #132704 |
Bog'liq Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org7.3. Integrallashgan tizimlar
Onalik platalarida ko„p narsa chipsetga bog„liq. U ko„p funktsiyalarni bajaradi va yildan-yilga
uning funktsiyalari ko„payib bormoqda. Bir necha yil avval kompyuterlarda diskli kontrollyorning
sho„ba platasini topish mumkin edi – unga hamma diskovodlar ulanardi. Hozir bunday plata yo„q. Bu
kontrollyor funktsiyasi «shimoliy ko„prik» chipsetiga o„tdi va hamma diskovodlar onalik platasiga
to„g„ridan-to„g„ri ulanadigan bo„ldi. Printer ulanadigan maxsus plata bilan ham shunday bo„ldi.
Hozirgi paytda tashqi qurilmalar ulanadigan hamma portlar onalik platasi tarkibiga kirdi.
Chipsetlar rivojlanmoqda va integratsiya davom etmoqda. Bugungi kunda chipsetlari
videokarta va (yoki) tovush kartasi funktsiyasini bajarish qobiliyatiga ega bo„lgan onalik platalari
tobora ko„proq uchramoqda. Odatda bunday onalik platalarida arzon narxli kompyuterlar yig„iladi.
Integrallashgan tovush va videoga ega bo„lgan onalik platasi, alohida sotib olinadigan uchta shunday
komponentlar summasidan arzonroq turadi.
7.1-rasm. Gigabyte GA-8SRX onalik platasi
(Sis 645 chipseti, Socket 478 protsessori uchun bo„linma, shina chastotasi - 400 MGts, FSB
chastotasi – 200 MGts, AGPx4, DDR uchun uchta bo„linma, PCI uchun oltita bo„linma, USB uchun
to„rtta bo„linma, Form-faktor – ATX)
7.4. EHM tashqi qurilmalari
EHM tashqi qurilmalari – ma‟lumotlarni kiritish, chiqarish, tayyorlash va katta hajmli
informatsiyalarni xotirada saqlab qolish uchun foydalaniladigan EHM qurilmalaridir. TQlarning
farqli xususiyati shundaki, ular ish jarayonida informatsiya mazmunini o„zgartirmagan holda,
ularning taqdim etilishi shaklini o„zgartiradilar. Markaziy qurilmalarning tez takomillashtirilishi,
o„lchamlarining kichiklashishi, narxining muntazam arzonlashib borishi TQlar ahamiyatining ortib
borishiga olib keldi. Hozirgi kunda TQlar narxi EHM narxining katta qismini tashkil qiladi, ularning
gabarit o„lchamlari esa EHM o„rnatiladigan xonaning o„lchamlarini belgilaydi. Buning asosiy sababi
– TQ asosan elektromexanik qurilma bo„lib, ularning tezkorligi, shtampliligi, gabarit o„lchamlari va
boshqa xarakteristikalari cheklangandir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|