54
PCI shinasi oldingi shinalar uchun chiqarilgan qurilmalar bilan bir-biriga to„g„ri kelmay qoldi,
lekin uning yuqori unumdorligi va jihozlarni sozlash soddaligi yangi
avlod qurilmalarini ishlab
chiqarishning tez rivojlanishini ta‟minladi. Bu shinaning ahamiyatli afzalligi – o„zi o„rnatiladigan
qurilmalar (plug-and-play)ni yaratish mumkinligidir. Bu printsipning mohiyati shundaki, sho„ba
platasi onalik platasiga fizik ulangandan keyin, ulangan qurilma anislanishi va oldin o„rnatilgan
boshqa qurilmalar bilan konfliktda bo„lmaydigan darajada unga resurslar ajratish avtomatik ravishda
sodir bo„ladi.
AGP interfeysi
PCI shinasi uzoq vaqt har xil qurilmalar bilan ma‟lumotlar
almashinishining yuqori
unumdorligini ta‟minladi, lekin har galgidek jihozlar va dasturlar ishlab chiquvchilarning talabini
qoniqtira olmay qolgan vaqti keldi. Odatdagidek, birinchi bo„lib videokarta
ishlab chiqaruvchilar
qiynalishdi. 90-yillar oxirida PCI shinasi kompyuter grafikasi rivojiga to„siq bo„la boshladi. Shunda
yangi interfeys – AGP (
Accelerated Graphics Port) paydo bo„ldi. Bugungi kunda deyarli hamma
videokartalar ushbu standart uchun chiqarilmoqda. Ular onalik platasining (66/100/133 MGts)
chastotasida ishlaydi va PCI videokartasiga nisbatan bir necha
marta yuqori unumdorlikni
ta‟minlaydi.
AGP standarti unumdorlikning bir necha rejimlarini: AGP, AGPx2, AGPx4 va AGPx8 nazarda
tutadi. Ushbu rejimlarning qaysi biridan foydalanish onalik platasining chipsetiga bog„liq.
Hozirgi
paytda AGPx4 interfeysi va videokartalar ma‟lumotlaridan foydalanish uchun chipsetlar keng
tarqalgan.
AGP shinasi va onalik platasining asosiy shinasi orasidagi aloqani chipsetning «shimoliy»
ko„prigi ta‟minlaydi.
USB interfeysi
Shu paytgacha biz quyidagining guvohi bo„ldik: yangi shina interfeyslarining yaratilishi
kompyuter qurilmalari orasida ma‟lumotlarning tobora ko„proq hajmini haydashdagi doimo o„sib
borayotgan ehtiyojiga qonuniy javob edi. Bu poygada doim qurilmalar va ularning ehtiyojlari
birinchi o„rinda bo„ldi, inson va uning ehtiyojlari haqida esa unutilmagan bo„lsa ham, ularni ko„pda
hisobga olishmas edi. Natijada ko„p yillar mobaynida shunday tizim vujudga keldiki, onalik platasiga
yangi qurilmani ulash uchun bizdan qator noxush protseduralarning bajarilishi talab qilindi:
1. Kompyuter tizimiy blokini bo„laklarga ajratish.
2. Onalik platasi bo„linmasiga yangi platani joylashtirish.
3. Kompyuterning onalik platasi va dasturaviy ta‟minoti yangi qurilmani to„g„ri taniydi degan
umidda kompyuterni tarmoqqa ulash.
4. Kompyuterning yangi qurilma bilan to„g„ri muloqotini ta‟minlaydigan
dasturni ishga
tushirish (bunday dastur drayver deb nomlanadi) va xuddi zarur bo„lgan narsaning o„zini ishga
tushirdik deb umid qilish (afsuski, xatolar bo„lib turadi).
5. Qurilma ishlab ketganini tekshirish va u to„g„ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish (afsuski,
har doim ham bunday bo„lavermaydi).
6. Tizimiy blokni yig„ish.
Biroz tajribaga ega bo„lganlar uchun bu amallarda hech bir qiyinchilik yo„q, lekin yangi
qurilmani,
hattoki djoystikdek soddasini, o„rnatish va sozlash bir necha soatga cho„ziladi.
Foydalanuvchilar doim shunday shina interfeysi haqida orzu qilishar ediki, ular bo„linmani shunday
tiqishsinda, hech nimani o„ylamasdan ishlayverishsin (xuddi telefon tarmog„iga ulagan kabi).
Nihoyat bunday interfeys paydo bo„ldi. Zamonaviy onalik platalarining ko„pi universal ketma-
ket (
последовательный) USB (
Universal Serial Bus) shinaga ega; uning bo„linmasi tizimiy
blokning orйa devoriga chiqarilgan. Unga ulanish juda oson. Kompyuterni o„chirish ham shart emas:
bo„linma uyaga tiqiladi va ishni davom ettirish mumkin.
Odatda kompyuterning faqat bir juft USB bo„linmasi bor, lekin bu shinaga 127 ta
qurilmagacha ulash mumkin. Agar ikkitadan ko„proй qurilmani ulash zarur bo„lsa,
kontsentrator
(
разветвитель – tarmoqlagich) sotib olish kerak – bo„linmalar soni ko„payib ketadi. Hozirgi
paytda klaviatura, sichqoncha, modem, skaner, printerlar USB shinasi yordamida ulanmoqda. Agar
55
qachondir kompyuter yangi yil archasi yoritgichlari shodasini, temir yo„l
modelini, kir yuvuvchi
mashinani va h.k.larni boshqarishini istab qolsangiz, USB shinasi eng yaxshi yechim bo„ladi.
USB qurilmalari bilan ishlash – onalik platasi chipsetining funktsiyalaridan biridir. Uni
«janubiy ko„prik» bajaradi.