ma‟lumotlar massivining istalgan qismiga murojaat qilish imkonini beradi. Bu holda qidirish vaqti
57
shpindelining aylanish tezligi 7200 ayl./min bo„lgan noutbuklar uchun yangi bikr diskdir. Shu
paytgacha portativ kompyuterlarda asosan 5400 ayl./min li vinchesterlar qo„llanilar edi. Travelstar
7K60 60 Gb sig„imga ega va energiyani sarflashini boshqa yangilik – shpindeli sekinroq tezlikda
aylanadigan Travelstar 5K80 bilan solishtirish mumkin.
7.2-rasm. Hitachi Travelstar vinchesteri
Shpindel aylanish tezligining ortishi unumdorlikni sezilarli darajada ortishi imkonini berdi; u
statsionar personal kompyuterlar vinchesterlarining xarakteristikalaridan amalda kam emas. Disk
ma‟lumotlarni uzatish tezligi 100 Mb/s gacha bo„lgan ATA-6 interfeysidan foydalaniladi.
Ma‟lumotlar ikkita shisha plastinaga yoziladi, o„qish uchun esa to„rtta kallak xizmat qiladi. Ruxsat
etiladigan zarbiy yuk ishlamayotganda 1 ms da 1000 gr. va ishchi holatda 2 ms da 200 gr.
Informatsiyani qidirish o„rtacha vaqti atigi 10 ms. Disk og„irligi 100 grammdan kam.
Ikkinchi yangi vinchester – bu yuqorida eslatilgan Travelstar 5K80. U to„rt variantda – sig„imi
20 Gb dan 80 Gb gacha chiqarilmoqda. Modifikatsiyasiga qarab disklarda bitta yoki ikkita shisha
plastina va bittadan to„rttagacha kallaklardan foydalaniladi. Ma‟lumotlarni qidirish o„rtacha vaqti 12
ms. Disk ATA-6 protokoli bo„yicha ishlaydi va ishlamagan holatda 1 ms da 800 grammgacha va
ishchi holatda 2 ms da 200 grammgacha bo„lgan yukka chidaydi. Og„irligi
modifikatsiyasiga qarab
98…102 gr.