• Bosh shina, FSB
  • ISA shinasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 389,02 Kb.
    bet44/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    7.2. Onalik platasi shinalari 
    Qolgan qurilmalar bilan kompyuter protsessori o„tkazgichlar guruhlari yordamida bog„langan; 
    ular shinalar deb ataladi. Funktsiyalari bo„yicha uch asosiy shinalarni: komandalar shinasi,
    ma‟lumotlar shinasi va adres shinalarini farqlashadi. 32 razryadli protsessorlar uchun komandalar 
    shinasi – bu 32 bir-biriga parallel o„tkazgich (sim)lardir; dasturlardan komandalar operativ xotiradan
    protsessorga shu o„tkazgichlar orqali keladi. Pentium va undan keyingi protsessorlarda ma‟lumotlar 
    shinasi 64 razryadli bo„lib, 64 o„tkazgichlarda mujassamlangan. Bu Pentium protsessorini 64
    razryadli qila olmaydi, chunki protsessor razryadligini ma‟lumotlar shinasi razryadligi belgilaydi. 
    Adres shinasi operativ xotiradan ham komandalarni va ham ma‟lumotlarni boshqarish vazifasini
    bajaradi deyish mumkin. 
    Bosh shina, FSB 
    Agar kompyuterga tashqi qurilmalar ulanganini hisobga olmasak, protsessor komandani 
    operativ xotiradan oladi va u bilan ma‟lumotlarni almashadi deyish mumkin. Protsessor xotiraga
    «o„zining» qurilmasi sifatida qaraydi. Qolgan hamma qurilmalar uning uchun – tashqari, garchi ular 
    tizimiy blok ichida joylashgan bo„lsa ham. Protsessorni operativ xotira bilan bog„lovchi hamma
    shinalarni bitta bosh shina sifatida qarash mumkin. 
    U FSB (Front Side Bus) shinasi deb ataladi. Onalik platasi 66 (100, 133) MGts chastotasida
    ishlaydi deyishganda, protsessorga tayanadigan bosh shina chastotasini nazarda tutishadi (protsessor 
    ushbu chastotani oladi va uni o„zining ichki ko„paytirish koeffitsientiga ko„paytiradi).
    ISA shinasi 
    ISA (Industry Standard Architecture) – 80-yillar boshidagi genial yechimdir. Bu standart
    qo„shimcha qurilmalarni ulash va ular bilan xuddi ichki qurilma kabi ishlash uchun bosh shinaga 
    bo„linmalarni «kesib kiritish» imkonini berdi.




    53


    Bu texnologiya AT (Advanced Technology) nomini oldi va ikkinchi avlod IBM PC AT 286
    kompyuterlarida birinchi marta qo„llandi. 
    Bugungi kunda kompyuter komponentlarini korpusda joylashtirishning ikki standarti – AT va

    ATX mavjud. Korpus «standartliligi»ni aniqlovchi asosiy parametr form-faktor deb ataladi. ATX 

    form-faktori – zamonaviyroq va shu sababli afzalroqdir. Eskirgan AT form-faktorli kompyuterni
    tanlash keyinchalik, bir necha yil o„tgandan so„ng tizimiy blok ichini «yangilash» vaqti kelganda
    muammo tug„dirishi mumkin. Kompyuterga o„rnatish yoki ulash mumkin bo„lgan qurilmalar tanlovi
    cheklanishi mumkin. Tashqi qurilmalar (printer yoki skaner) ulanishi uchun mo„ljallangan 
    bo„linmalar orqa devorida joylashishi bo„yicha AT va ATX korpuslarini farqlash mumkin.
    Ushbu standart paydo bo„lgunicha birinchi IBM PC kompyuterlari tashqi qurilmalar bilan 
    deyarli ishlamas edi (printer, djoystik, klaviatura, ulanadigan diskovod xolos). ISA standarti tadbiq
    bo„lgandan so„ng onalik platasida qo„shimcha platalarni oson o„rnatish imkoni paydo bo„ldi; 
    qo„shimcha platalar yordamida onalik platasiga xohlagan narsani – magnitofon, sovutgich va
    h.k.larni ulash mumkin. Qo„shimcha platalar sho‘ba (
    дочерная

    ) platasi, kengaytirish kartasi yoki

    karta nomini oldi.
    Turli jihozlarning minglab mayda ishlab chiqaruvchilari har xil qurilmalarni ishlab chiqarishga 
    kirishdi; ISA shinasining muvaffaqiyati ana shunda. Ular uchun kompyuter arxitekturasi ochiq bo„lib
    qoldi. ISA shinasining elektrik va mexanik parametrlarini bilib, istalgan odam kompyuterni 
    rivojlantirishi va kuchaytirishi mumkin. Ochiq standarti bo„lmagan kompyuterlar «yo„q» bo„lib
    ketdi. Bir qancha «tug„ma» kamchiliklari bo„lgan IBM PC platformasi esa, bu kamchiliklarga 
    qaramasdan, ikki o„n yilliklardan beri muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.



    Download 389,02 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 389,02 Kb.