|
Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi?
|
bet | 41/74 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 389,02 Kb. | | #132704 |
Bog'liq Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.orgKichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi?
Bo„lajak kompyuter konfiguratsiyasini tanlashda odam doim operativ xotirada tejab qolgisi
keladi. Haqiqatda, agar 16 Mbaytli kompyuter ham ishlasa, nima uchun 64 Mbaytlisini sotib olish
kerak?
Lekin, ko„pchilik, bunda kompyuter o„n marotaba sekinroq ishlashini bilishmaydi. Bunda,
operativ xotira yetishmasligi tufayli hamma tizimlar sekin ishlaydi va sarflangan pul atigi 10 foizga
ishlaydi.
Nima uchun operativ xotirasi kichik hajmli bo„lgan kompyuter sekin ishlaydi? Gap shundaki,
zamonaviy dasturlar uchun ham 16 Mbayt va ham 64 Mbayt kamlik qiladi. Amalda intensiv
ishlaganda kompyuterga yuzlab megabayt xotira zarur. Agar kompyuter uni topa olmasa, u
joylashtira olmagan hamma ortiqcha narsani u bikr diskdagi vaqtincha saqlanadigan joy – bir oz
saqlanadigan faylga jo„natadi. Yozish va o„qish portsiyalab bo„ladi. Operativ xotira platasi fizikaviy
operativ xotira deyiladi. Operativ xotirani hamma boshqacha tashkil qilinishi virtual operativ xotira
bo„ladi. Fizikaviy va virtual xotiralar summasi – to‘liq operativ xotiradir.
Bikr disk – mexanik qurilmadir. U operativ xotiraga nisbatan o„nlab marta sekinroq ishlaydi.
Operativ xotira qanchalik kam bo„lsa, disk bilan shunchalik tez almashinuv bo„ladi va bu
almashinuvning har bir portsiyasi shunchalik kam bo„ladi. Operativ xotira minimal (16 Mbayt)
bo„lganda almashinuv amalda uzluksiz bo„lib turadi. Kompyuter bikr diskni «cho„qilash» bilan
shug„ullanadi. Sekundlarda bajariladigan operatsiyalar minutlarga cho„ziladi. Bunda operativ
xotiraning biroz kattalashtirilishini ham juda katta samara berdi.
Agar kompyuter Windows 98 operatsion tizimida ishlasa, uning operativ xotirasining 16
Mbaytdan 24 Mbaytgacha biroz kattalashtirilishi uning unumdorligini bir necha marta oshiradi.
Windows 98 dan operativ xotirasi 16 Mbayt bo„lgan kompyuterlarda foydalanmang. Yoki xotirani
biroz oshiring, yoki Windows 95 operatsion tizimiga qayting; bu tizim biroz noqulay bo„lsa ham,
lekin 8 Mbayt va undan katta xotira hajmli kompyuterlarda ishlaydi.
Operativ xotiraning tavsiya qilinadigan hajmini aniqlashning oddiy qoidasi bor. Dastlab,
o„zingiz uchun qanday operatsion tizim va qanday dasturlar (qaysi yili chiqarilgani ma‟nosida) bilan
ishlashingizni hal qiling. Tanlab olgan tizimingiz uchun minimal talablarni biling va ularni ikkiga
ko„paytiring.
Savollar
1. Xotirada saqlovchi qurilmalarning asosiy turlarini bayon qiling.
2. Kesh-xotiraning tizim ishiga ta‟sirini aytib bering.
3. Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari sifatida operativ xotira turlari
haqida aytib bering.
4. Protsessor, kesh-xotira va operativ xotiralarning ishlash printsipini va o„zaro aloqasini
bayon qiling.
5. Operativ xotira turlarini tavsiflang.
6. Operativ xotira tezkorligining butun tizim ishiga ta‟sirini izohlang.
|
| |