|
– Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
|
bet | 42/74 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 389,02 Kb. | | #132704 |
Bog'liq Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org7 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Onalik platasi va EHM periferiya qurilmalari
(Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar)
Ma’ruza rejasi:
1. Onalik plata
2. Onalik plata shinalari
2.1. Bosh shina
2.2. ISA shinasi
2.3. Lokal shina
2.4. VLB shinasi
2.5. PCI shinasi
2.6. AGP interfeysi
2.7. USB interfeysi
3. Integrallashgan tizimlar
4. EHM periferiya qurilmalari
5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar
5.1. Bikr disk
5.2. Qattiq disklarda to„plagich
5.3. CD-ROM diskovodi
Tayanch so‘zlar va iboralar
Chipset, janubiy most, shimoliy most, BIOS, form-faktor, sho„ba plata, kontsentrator,
periferiya qurilmasi
7.1. Onalik platasi
Ularsiz ishlay olmaydigan, kompyuterning eng ahamiyatli elementlari: markaziy protsessor,
xotira modullari va ko„p mikrosxemalar onalik platasida joylashadi. Bu kompyuterning asosiy platasi
bo„lib, odatda o„lchami bo„yicha eng katta. Onalik platasi kompyuterning hamma elektron sxemalari
uchun mexanik asos bo„lib, o„zida yana bitta ahamiyatli yuk – kengayish qo„shimcha platalarini
o„rnatish uchun bo„linmalarni joylashtiradi.
Bir necha yil oldin kompyuter xossalarini belgilovchi asosiy parametr uning protsessorining
markasi edi. Bugun turmush tizimlarining ko„pchiligi uchun bunday emas. Hozirgi paytda onalik
platasi chipsetining markasi asosiy parametr bo„lib qoldi deyish mumkin. Oxirgi besh yilda
protsessorlar unumdorligi esa deyarli o„zgarmadi va kompyuterning «nozik joyi» bo„lib qoldi.
|
| |