Displeylar. Ularni turli belgilar bo„yicha tasniflash mumkin. ALTda elektron-nurli trubkali
(ENT) yoki tekis indikatorli panelli individual alfavitli-raqamli va grafikaviy monitorlar qo„llaniladi.
Alfavitli-raqamli displeylar (ARD) faqat alfavitli-raqamli simvollar ketma-ketligi ko„rinishida
taqdim etilgan informatsiyani chiqarish imkonini beradi.
Grafikaviy displeylar (GD) ham grafikaviy va ham alfavitli-raqamli informatsiyani chiqarishi
mumkin.
Displeylarning asosiy parametrlari: aks ettirilayotgan informatsiya hajmi; ekran ishchi
qismining o„lchamlari; ekranda aks ettirilishi mumkin bo„lgan simvollar soni; tasvir almashinishi
tezligi; informatsiya aks ettirilishi sifati; ekranda ixtiyoriy informatsion zonalarni ajratish usuli.
Monitorga ko„p narsa bog„liq: kompyuter bilan ishlash tezligi, komfort va eng ahamiyatlisi –
foydalanuvchining o„zini qanday his qilishi. Sifatsiz monitor ekrani oldida bir necha soat ishlaganda
– bosh og„rishi, ko„z charchashi va h.k. noxush natijalarni sezish mumkin.
Ekran razmeri
Monitorning asosiy parametri – diagonal bo„yicha ekran o„lchamidir. U dyuymda o„lchanadi.
Asosiy o„lchamlar: 14
, 15
, 17
, 19
, 21
.
14
o„lchamli monitorlar hozirgi paytda qat‟iyan tavsiya etilmaydi. Ularni ishlab chiqarish
to„xtatilgan, shuning uchun faqat eskirgan va sog„liq uchun zararli namunalarni uchratish mumkin.
Uy kompyuterlari tizimi parki bugungi kunda asosan 15
(8.1-rasm), lekin ularning ham davri o„tib
bormoqda. Garchi bunday monitorlar amalda zarur bo„lgan hamma dasturlarni qonistirsa ham, ular
bilan o„zingni doim ham komfortli his qilavermaysan.
17
o„lcham bugungi kunda iqtisodiy nuqtai nazardan o„zini eng oqlaydi. Bunday monitor ko„p
yil xizmat qiladi va boshqa qurilmalarning bir necha avlodini ko„radi. Shuning uchun uning
xarakteristikalari nafaqat qoniqarli, balki imkoni boricha ilg„orlariga yaqin bo„lgani ma‟qul.
19
va 21
o„lchamli monitorlar ishxonalarda va uydagi kompyuter tizimlarida
foydalanilmoqda.
8.1-rasm. G51 seriyali IBM monitori, dioganali o„lchami – 15
|