Operatsion tizim nima uchun kerak va operatsion tizim nima? Faraz qiling, hashamatli besh yulduzli otel xolliga kirmoqdasiz. Shveytsar tavozelik bilan
eshikni ochadi, ichkarida og„ir chamadonlaringizni qo„lingizdan olish uchun tayyor turgan yuk
tashuvchining gavdasi ko„rinadi, sizni ko„rib peshtaxta yonidagi portening esa yuzida tabassum
paydo bo„ldi – u sizga intizor edi. Sizga hech nima to„g„risida so„rashga hojat yo„q – siz uchun
xizmat ko„rsatish tizimi ishlaydi. Siz soatingizni mahalliy vaqtga o„tkazmoqchisiz – bir imo-ishora
yetarlidir.
Yaxshi tizim nafaqat xohishingizni bajarishga, balki xatoingizni to„g„rilashga ham tayyor.
Oltinchi qavatdagi nomer kalitini oling va chamadonlar bilan zinadan yuqoriga yurib ko„ring.
Xotirjam bo„ling – uzoqqa bormaysiz. Sizga yetib olishadi, qo„lingizdan chamadonlarni olishadi,
liftga kuzatishadi, nomeringizga olib borib qo„yishadi va yaxshi dam olishingizni tilashadi.
Kompyuterning operatsion tizimi shunga o„xshash ishlaydi. Bu – katta va kichik dasturlarning
uyg„unlashgan orkestridir. Biri sizning istagingizni topishga harakat qiladi, ikkinchisi sizning
buyruqlaringizni bajaradi, uchinchisi esa siz xatoga yo„l qo„ymasligingiz uchun sizni kuzatadi.
Operatsion tizim nimaga kerak? «Hamma narsa uchun» deyish – bu hech nima demaganlik bilan barobar. Mutaxassisdan
operatsion tizimi bo„lmagan kompyuterda 2+2 necha bo„lishini so„rab ko„rish qiziq bo„lsa kerak.
Javob uchun ertasiga kelaversangiz bo„laveradi, agar javob umuman bo„lsa.
Bunday murakkab hisobni bajarish uchun, bu sonlarni klaviatura yordamida kompyuterga
kiritish kerak. Lekin kompyuter operatsion tizimsiz klaviatura bilan qanday ishlash lozimligini juda
kam tushunadi.
Balki kompyuterga arifmetik hisoblar bilan shug„ullanadigan dasturni yuklash (kiritish)
lozimdir? Odatda shunday ham qilishadi, lekin dastlab baribir operatsion tizim kerak. Usiz
69
kompyuter o„zining diskovodlari haqida juda kam biladi va hattoki uning yordamida nimanidir
yuklash mumkinligi haqida tushunchaga ega ham emas.
Operatsion tizim birinchi navbatda kompyuter bilan muloqot qilish uchun, u Siz nima
istayotganingizni tushunishi uchun va o„z navbatida javob qilish uchun, u chiqarayotganini Siz
tushunishingiz uchun kerak.