• Hijriy yil hisoblari.
  • burjning eski turkiycha, arabcha, o‘zbekcha nomlari




    Download 318.87 Kb.
    bet26/55
    Sana24.01.2023
    Hajmi318.87 Kb.
    #39302
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
    Bog'liq
    “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    12 burjning eski turkiycha, arabcha, o‘zbekcha nomlari.



    Fasllar

    Eski turkiycha atalishi

    Arabcha atalishi

    O‘zbekcha atalishi

    Hisobga ko‘ra

    Baxor

    Qo‘zi
    Ud
    Erandiz

    Hamal
    Savr
    Javzo

    Qo‘y
    Sigir
    Egizak qiz

    22 mart – 21 aprel
    22 aprel – 21 may
    22 may – 21 iyun

    Yoz

    Kuchuk
    Arslon
    Bukboy boshi

    Saraton
    Asad
    Sunbula

    Qisqichbaqa
    Arslon
    Boshoq

    22 iyun – 21 iyul
    22 iyul – 21 avgust
    22 avgust – 21 sentabr

    Kuz

    Ulug
    Chazan
    Yoy

    Mezon
    Akrab
    Qavc

    Tarozi
    Chayon
    Yoy

    22 sentabr – 21 oqtabr
    22 oqtabr – 21 noyabr
    22 noyabr – 21 dekabr

    Qish

    O‘kloq
    Ko‘nak
    Baliq

    Jadiy
    Dalv
    Xut

    Tog’ echkisi
    Qovg’a
    Baliq

    22 dekabr – 21 yanvar
    22 yanvar – 21 fevral
    22 fevral – 21 mart

    Hijriy shamsiy yil hisobidan dehqonchilik, chorvachilik, umuman xo‘jalik yuritish, kundalik, mavsumiy, amaliy tadbirlarni rejalashtirish, ishlarni vaqt – fursati, kezi, mavsumiga qarab asosli va to‘g’ri yo‘lga qo‘yish amallarida foydalaniladi.


    Musulmonlar yil hisobiga e’tibor berganligimizning yana bir sababi mamla- katimiz kutubxonalarida 20 mingdan ortiq turli fanlarga oid ko‘lyozma, bitiklar saqlanib, ularda ko‘rsatilgan sanalar, yillar biz o‘ylaymizki, Hijriy yil hisobida qayd etilgan. XX asrning 20-yillariga qadar Markaziy Osiyoda shu hisob davlat ishlarida ham amal qilgan. O‘z o‘tmishi bilan qiziqqan har bir inson bularni bilishi kerak.
    Hijriy yil hisoblari.Mustaqilligimiz sharofati-yu, ajdodlarimiz merosiga an’anaviy xurmat tufayli madaniy yodgorliklarimizni o‘rganishga kiziqish ortib boryapti. Moziydagi shoir va mutafakkirlarimiz asarlari yoshlarni odobli va xalol qilib tarbiyalashda, madaniyatimiz taraqqiyotini ildamlashda hali ko‘p xizmat qila olishi shubxasiz.
    Ma’lumki, eski o‘zbek yozuvi hozirgi yozuvdan farq qilishidan tashqari avval qo‘llangan kalendar-hijriy yil hisobi hozirgi Grigoriy kalendariga asoslangan milodiy yil hisobidan boshqa edi. Grigoriy kalendari asosida quyosh yili – Yer Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanib chiqishh davri bir yil degan kelishuv yotadi. Quyosh yili taxminan 365 kun, aniqroq olganda 365,2422 kundan iborat. XX asr boshlarigacha bizda qo‘llanib kelingan kalendar esa oy yiliga – oy yer atrofida 12 marta aylanib chiqishi davrini bir yil qabul qilishga asoslandi. U taxminan 354 kun aniqrogi 354,3671 kundan iborat. Bundan tashqari Hijriy yil hisobining boshi milodiy 622-yilning 16-iyuliga to‘gri keladi.
    Tabiiy eski o‘zbek yozuvidagi kitoblarda barcha sanalar faqat Hijriyda berilgan.
    O‘quvchilarimiz xhkmiga yil aylantirishning yanada osonroq variantini havola qilamiz.
    Yil aylantirishning yanada osonroq variantini havola qilamiz.
    Masalan Hijriy qamariy 1433- yilni milodiyga aylantirish. Bu uch amal bilan bajariladi:
    1.Hijriy qamariy 1433 yilga 622 qo‘shiladi, 1433+622=2055.
    2. Hijriy qamariy 1433 yil 33 ga bo‘linadi, 1433:33= 43.
    3.Birinchi amal natijasidan (2055) ikkinchi amal natijasi (43) olib tashlanadi,2055-43=2012. Chiqqan natija 2012 milodiy yil.
    Milodiy 2012 yilni hijriy qamariyga aylantirish.
    1.Milodiy yildan (2012) 622 ayiriladi, 2012-622=1390
    2.Birinchi amaldan chiqqan (1390) natija 32 ga bo‘linadi, 1390:32=43
    3.Ikkala amal natijasi ko‘shiladi, 1390+43=1433 yil hijriy qamariy yil.
    Masalan 1390-hijriy shamsiy yilni milodiyga aylantirish.
    Hijriy yilga (1390) 622 qo‘shiladi, 1390+622=2012. Demak hijriy shamsiy 1390 yil 2012 yilga to‘g’ri keladi.
    Milodiy 2012-yilni hijriy shamsiy yilga aylantirish. Buning uchun milodiy (2012) yildan 622 ni ayirish kerak, 2012-622=1390. Demak, 2012 milodiy yil 1390 Hijriy shamsiy yilga to‘gri keladi.
    1433-Hijriy qamariy yilni Hijriy shamsiy yilga aylantirish.Hijriy qamariy yildan (1433) shu qamariy yilni 33 ga bo‘lishdan chiqqan natija ayiriladi, 1433:33= 43; 1433-43=1390. Demak, 1433 Hijriy qamariy yil 1390 Hijriy shamsiy yilga to‘g’ri keladi.
    1390-Hijriy shamsiy yilni qamariy yilga aylantirish.Hijriy shamsiy (1390) yilga shu yilni 32 ga bo‘lishdan chiqqan natija qo‘shiladi, 1390:32=43; 1390+43=1433. Demak,1390 Hijriy shamsiy yil 1433 Hijriy qamariy yilga to‘g’ri keladi.
    Biz hozir:2012 milodiy,1433 Hijriy qamariy,1390 hijriy shamsiy yilda yashamoqdamiz.


    Download 318.87 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




    Download 318.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    burjning eski turkiycha, arabcha, o‘zbekcha nomlari

    Download 318.87 Kb.