“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA ZAMONAVIY
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
KURSI BO‘YICHA TEST SAVOLARI
TESTLAR
1. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot
texnologiyalari” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi qaysi
javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini dars
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid
bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish
B) Talabalarga pedagogik amaliy dasturlar haqida ma’lumot
berish
C) Til va adabiyot ta’limi uchun elektron adabiyotlar yaratish
D) talabalarda axborot asri sharoitida
pedagogik jarayonni
samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy va
texnologik madaniyatni shakllantirish
2. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot
texnologiyalari” fanning vazifasi nimalardan iborat?
A) Talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan
pedagogik dasturiy vositalar haqida, aynan o‘zbek
tili va adabiyoti
darslari uchun tayyorlanadigan resurslarga qo‘yiladigan talablar
to‘g‘risida ma’lumot berish.
B) Chet el tajribasi haqida ma’lumot
berish hamda talabalarda
axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish
uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy
va texnologik madaniyatni
shakllantirishdan iborat.
C) Axborot texnologiyalari dunyosida ilmiy va ta’limiy tadqiqot
ishlarining islohotlari haqida tasavvur hosil qilash
D) Bilimdon pedagog mutaxassis
sifatida mutaxassislik
yo‘nalishi bo‘yicha axborotlarni izlash, topish, ularni ta’lim
mazmuniga tayangan holda qayta
ishlash va kasbiy faoliyat
jarayonida ulardan samarali foydalana bilishni o‘rgatishdan iborat.