Elektron pochta manzili (адресэлектронной почты, еlectronic mail address) – elektron pochtaning har bir abonenti ega
bo‘lgan shaxsiy manzil. Tizimdagi foydalanuvchi nomi, @ belgisi va
pochta serveri ishga tushirilgan kompyuter nomidan tarkib topgan
ketma-ketlik bilan belgilanadi.
Elektron pochta qutisi (ящик электронной почты, еlectronic mail box) – Internet tarmog‘i bo‘ylab xabarlar jo‘natish
va qabul qilish uchun noyob tartib raqamidan (elektron pochta
manzili) dan foydalanadigan dasturiy-texnika vositalari majmuasi.
Elektron test –Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o‘quv
qo‘llanmaga o‘xshaydi. Asosiy qiyinchilikni savollarni yig‘ish va
shakllantirish, savollarga javoblarni moslashtirish tashkil etadi.
Gipermatn –
bu matn elektron shaklda va belgilangan tizimlar
aloqasining ko‘rinishi. U daraxt ko‘rinishida bo‘ladi.
Global tarmoq (глобалная сет, global set) – turli qit’alardagi,
mamlakatlardagi kompyuterlar birlashib, bog‘langan tarmoq.
Informatika (информатика, informatics) – ilmiy yo‘nalish, u
EHM yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, qayta uzatish
qonunlari va metodlari o‘rganiladi.
Informatsion jarayonlar (информационные процессы, information prosecces) – ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash,
qayta uzatish, izlash jarayonlari.
238
Informatsion texnologiya (информационная технология, information technology) – predmet sohasida ma’lumotlarni qayta
ishlash, saqlash, qayta uzatishning metodlari va vositalarini
o‘rganuvchi ilmiy va injener bilimlar sistemasi.
Interaktiv dastur (интерактивная программа ,
interactive