“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA ZAMONAVIY
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANI BO‘YICHA
GLOSSARIY
Animatsiya (Анимация, Animation)
–
Bir necha tasvir yoki
kadrlarni ko‘rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi.
Axborot texnologiyalari (информационные технологии,
information technology) –
axborotni o‘zgartirish, qayta ishlash usul
va vositalari yig‘indisidan iborat.
Elektron darslik (электронный учебник, e-manual)
–
kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish
metodlaridan
foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil
ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali
o‘zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron
darsliklarning
nazorat
qiluvchi
qismi
(контролирующая част электронного учебника, controlling
part of e-manual) –
testlar orqali nazorat
qiluvchi tizim asosida
shakllanadi.
Elektron
darslikning
mashq
qildiruvchi
qismi
(упряжняющая часть электронного учебника, chapter of e-
manual that makes exercises) –
xatolarni ko‘rsatib beruvchi va
to‘g‘ri xulosaga olib keluvchi qism.