4.
www.portfolio.bimm.uz
portfolio tizimi qanday qismlardan
tashkil topgan?
Asosiy tushunchalar:
Portfolio
(
ingl
. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka.
frans
. – bayon qilmoq,
ifoda etmoq, tashimoq.
ital
. – hujjatlar
solingan papka) – bu hujjatlar,
ish namunalari, fotosuratlar, taqdim
etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta
olish imkoniyatini beruvchi
materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat.
Portfolioning taqdimot shakli
– ma’lumotlarni ko‘rgazmali
tarzda namoyish etishni amalga oshiradi.
Sayt-portfolio shakli
– ko‘proq ma’lumot olish va izlash
imkoniyatini beradi.
Pedagogning elektron portfoliosi
- uning kasbiy ko‘rsatkichlari
bilan
bir qatorda, pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq
resurslar, talabalarning fan bo‘yicha ma’lumotlarni olishlari, nazorat
topshiriqlari hamda talabalar bilimini o‘zlashtirish monitoringi
natijalarini qayd etish imkoniyatini beruvchi tizim.
Shaxsiy kompyuter
– atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus
talablar qo‘yilmagan tarzda muxtor ishlatiladigan komyuter.
Klaviatura
– (nem.
klaviatur
, lat.
clavis
– kalit), muayyan
tartibda joylashtirilgan klavishlar to‘plami bo‘lib,
kompyuter ichiga
sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini kiritish uchun
mo‘ljallangan.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish
–
ijodiy
fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini,
pedagogik-psixologik diagnostika usullarini,
aniq amaliy faoliyat
asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo‘llay
oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish.