KIRISH
Mazkur qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan 2016-yil 25-avgustda tasdiqlangan 5120100 – filologiya
va tillarni o‘qitish, 5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr
yo‘nalishlari uchun namunaviy o‘quv dasturi (tuzuvchilar:
Muhamedova S.X., Adilova S.) asosida 19 mavzu (modul) bo‘yicha
qo‘llanma sifatida tayyorlandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy
hayotining
barcha sohalarini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Ayniqsa, ta’lim-tarbiya tizimiga, ta’limning barcha turlarida o‘quv-
tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim
sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini
orttirishga keng e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010-yil 28-sentabrdagi PF-
3501-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-fevraldagi
12-son bayoniga asosan “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘ini
tarkib
toptirish loyihasi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tizimida “Elektron ta’lim” tarmog‘i shakllantirilgan. Bunday tarmoq
Xalq ta’limi vazirligi tizimida ham mavjud. Ushbu tarmoqlar
kontentini boyitishda elektron ta’lim resurslari qamrovini
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash o‘rinlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2016-
yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi
farmonida
ham “Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr
talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog
kadrlar tayyorlash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti
fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha
ilmiy
izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy
etish” borasida ulkan vazifalar qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil
14- yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizning 2016-
yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama
tahlil qilish hamda respublika Hukumatining 2017-
yil uchun
iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor
vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisda qilgan
ma’ruzasida: “Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va
3
jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter
dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda
yechilgani yo‘q. Yana bir muammoni hal etish o‘ta muhim
hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar
tarkibining
professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim
olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni
shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish
zarur” – deb ta’kidladilar
1
. Bu muammoni hal qilishda kompyuter va
axborot texnologiyalarini yanada mukammal o‘rganish, ulardan dars
jarayonida unumli foydalanishga ehtiyoj ortadi. Xususan, bo‘lg‘usi
o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘zbek tili va
adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasiga
muhim o‘rin ajratiladi. O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy
axborot
texnologiyalarini
o‘zlashtirishda talabalarga o‘quv
mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik dasturiy
vositalar, o‘zbek tili va adabiyoti darslari uchun tayyorlanadigan
resurslar va ularga qo‘yiladigan talablar, bu boradagi chet el tajribasi
haqida ma’lumot berish talabalarda axborot asri sharoitida pedagogik
jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy va
texnologik madaniyatni shakllantirishga asos bo‘ladi.
Mazkur fan Siz – talabalarga pedagogik amaliy dasturlar haqida
ma’lumot berish, til va adabiyot ta’limi
uchun elektron adabiyotlar
yaratish, mashq va topshiriqlar, testlar, boshqotirmalar tuzish
jarayonini o‘rgatishga yo‘naltirilishi orqali ta’lim jarayonini
axborotlashtirishni jadallashtirishda dolzarblik kasb etadi. “O‘zbek
tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fani
o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,
ulardan
foydalanish
metodikasini o‘rgatishga yo‘naltirilgan.