1-MODUL. TA’LIMDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
1.1. Ta’limni axborotlashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar
Ma’lumki,
texnologiya
(techne) so‘zi grek tilidan tarjima
qilinganda
san’at, mahorat, bilish
ma’nolarini anglatadi, bular esa
o‘z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar – bu qo‘yilgan maqsadga
erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.
Axborot texnologiyasi
– obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot
mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarni
olish uchun
foydalanadigan ma’lumotlarni (birlamchi) yig‘ish, ishlov berish va
uzatish vositalari hamda usullari majmuasidir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasi
– bu
zamonaviy
kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan
foyidalanadigan,
foydalanuvchi
ishlashi
uchun
«do‘stona»
interfeysga ega bo‘lgan axborot texnologiyasi demakdir.
Mazkur
fanni
o‘rganishga kirishishdan oldin ta’limni
axborotlashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishish
muhim o‘rin tutadi. Dastlab “Me’yoriy-huquqiy hujjat” atamasi
mohiyatini anglab olishga
harakat qilamiz
1
.
Me’yoriy-huquqiy hujjat (normativ-huquqiy hujjat) deb normativ
hujjatlar
to‘g‘risidagi
Qonunga
muvofiq
qabul
qilingan,
umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni
belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy
hujjatga aytiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
palatalari,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi,
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar,
mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar
hisoblanadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar
kiradi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari.
1
“Ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonunchilik normalari” moduli bo‘yicha
o‘quv-uslubiy majmua. Tuzuvchilar: . V.Topildiev, Sh.Fayziev, O.Narzullaev. –
Toshkent, 2015.
8
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari.
4.O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
6.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari
hamda qarorlari.
7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuyini tashkil
qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
qonunlardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va
idoralarning buyruqlari hamda qarorlari,
mahalliy davlat hokimiyati
organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida:
“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim
o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega”
ekanligi qayd qilingan. 42-moddada esa: “Har kimga ilmiy va
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi
kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy,
ilmiy va texnikaviy
rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”, – deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 67-
moddada:
“
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga
muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan
tartibda javobgardirlar”, – deb belgilangan
1
.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish o‘quv
jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan
bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etishni taqozo etmoqda.
Shu boisdan, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zarurati e’tirof etildi, uning
ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan
biri sifatida belgilandi.
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992.
– 34 б.
9
O‘zR Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivoj-
lantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
to‘g‘risida”
2002-yil
30-maydagi
PF-3080-son
Farmoni
iqtisodiyotning
turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim
sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda
aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot
tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib
berdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Kompyuterlashtirish
va
AKTni
rivojlantirish
bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi.