xizmatlaridan
ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda
foydalanish o‘qituvchini ta’lim jarayonining menedjeriga aylanishga
undaydi.
Multimedia ilovalarining vujudga kelishida mashg‘ulotlar
ssenariylarini yaratishda fan o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatishayotgan
bo‘lsa, texnik jihatdan kompyuter dasturchilari,
audio-video
muhandislar ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. Nazarimizda,
elektron adabiyotlarni yaratishni jadallashtirish muammosini hal
qilish, avvalo,
soha olimlari, metodistlar va fan o‘qituvchilarining
pedagogik dasturiy vositalar bilan yetarlicha tanish bo‘lishi,
pedagogik dasturiy vositalarni ona tili ta’limi jarayoniga tatbiq
qilishga doir metodik ko‘rsatmalar tayyorlanishiga bog‘liq
bo‘lmoqda. Muammo atrofida kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari,
magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilishi, tajribali
fan o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlarning jalb qilinishi hamda til
o‘qitishda ta’lim samaradorligiga
yordam beradigan taqdimotlar,
videodarslar, interaktiv mashqlar, test topshiriqlari, lug‘atlardan
namunalar tayyorlanishi taqozo qilinadi. Bu esa o‘z
navbatida