Microsoft Word, Microsoft Power Point, Excel, Microsoft Office Publisher, Adobe Photoshop, CorelDraw, AutoPlay Media, Ispring Suit va boshqa amaliy va mualliflik dasturlari
imkoniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi.
Ta’limda axborot texnologiyasi – bu
“o‘quvchi – kompyuter” o‘rtasidagi muloqotdir, o‘qituvchi esa – uni boshqaruvchi.
Zamonaviy axborotlarga boy materiallar, vositalar bilan darsni
boshqarish o‘qituvchi mehnatini samarali qiladi.
Sizga taqdim qilinayotgan ma’ruzalar materiallari pedagog
kadrning pedagogik va texnologik kompetentligiga talablar va til
o‘qituvchisining amaliyotda foydalana olish imkoniyatlari nazarda
tutilgan holda tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda respublikada va rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda fan, telekommunikatsiya texnika va
texnologiyalarning qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlar hamda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar haqidagi ma’lumotlardan, jumladan Peter
Walletning “Information and communication technology in
education in Asia”, M.M.Aripov, J.U.Muxammadiyevlarning
“Informatika. Axborot texnologiyalari”, S.Adilovaning “O‘zbek tilini
o‘qitishda
kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanish”,
6
U.Sh.Begimqulovning “Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot
texnologiyalarini
joriy
etishning
ilmiy-nazariy
asoslari”,
Sh.Yusupova, O.G‘ozievalarning “Ona tili o‘qitishda interfaol
usullar va kompyuter dasturi”, А.Abduqodirov, A.Xayitovlarning
“Axborot texnologiyasiga oid atamalarning izohli lug‘ati”,
A.Po‘latov, S.Muhamedovalarning “Kompyuter lingvistikasi” kabi
asarlaridan foydalanildi.