o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali
fan sohasini chuqur o‘zlashtirishga;
o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga
talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida
o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan
foydalanish orqali
talabaning
o‘quv
materiallarini
o‘zlashtirish
strategiyasini
egallashiga;
axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining
shakllanishiga;
o‘rganilayotgan
jarayon
va
hodisalarni
kompyuter
texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga
qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat
kasb etadi.
Axborot texnologiyalarini internet tizimisiz amalga oshirish
samaradorlikka erishishni ta’minlamaydi.
Shuning uchun internet
tarmog‘idan foydalanish, fan uchun zarur materiallarni izlab topish,
foydali