maqsad
va vazifalari, o‘qitish mazmuni, o‘qitish shakli, usuli va
vositalar.
1.5. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning
ahamiyati, muammolar va yechimlar
Respublikamizda boshqa ilg‘or mamlakatlar qatori zamonaviy
axborot texnologiyalaridan ta’limda faol foydalanishga kirishildi.
Ammo, elektron ta’limni joriy etishda
qator qiyinchiliklar mavjud
bo‘lib, u quyidagilardir:
•elektron ta’limni joriy etishga pedagogik jamoalarning yetarli
tayyor emasligi;
•elektron ta’lim imkoniyatlari
haqida tasavvurlarning ozligi,
ularni qo‘llash bo‘yicha metodik ishlanmalarning kamligi;
•elektron ta’limda foydalaniladigan kompyuter texnologiyalari
vositalarining qimmatligi;
•elektron ta’lim bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi.
Elektron ta’limni joriy etish keng ma’noda ta’lim
sohasini
metodologiya,
o‘qitish
maqsadlarining
psixologik-pedagogik
tatbig‘iga yo‘naltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini
samarali foydalanish va qayta ishlash amaliyoti bilan ta’minlash
sifatida qaraladi.
Ba’zi xorijiy mamlakat tadqiqotchilari axborot texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning
salbiy jihatlarini ham
ta’kidlaydilar. Xususan, yapon pedagogi S.Sudzuki: «Kompyuterli
o‘qitish, bir tomondan, ta’lim oluvchilar
aqliy taraqqiyotini
rivojlantirishga yordam bersa, ikkinchi
tomondan esa bilimni
mustahkam egallashni ta’minlay olmaydi», – degan fikrni bildiradi.