2.1-jadval.
Shrift turi va o‘lchovi
Ta’lim
oluvchilar
darajasi
O‘lchov
Shrift
Yozilish
shakli
Satr
orasidagi
interval
Oliy ta’lim
muassasalari
talabalari
12 dan kam
bo‘lmagan*
Courier
Verdana
normal
ikkilangan
*Izoh: rangli fondan foydalanganda shrift o‘lchovini 2 keglga
kattalashtirish lozim.
Grafikaga qo‘yiladigan umumiy talablar:
1.
Statik chizma va rasm, sxema, xaritalardan foydalanishda
uning rangli palitrasi va masshtabini hisobga olish kerak.
2. Tasvirlash uchun rang tanlashda quyidagilarni hisobga olish
kerak:
– e’tiborni birinchi o‘rinda qizil va ko‘k ranglar,
keyin sariq,
yashil va oq ranglar tortishini;
– maksimal aniqlik talab qiluvchi kichik grafik elementlarni
bo‘yashda ko‘k
rangdan emas, balki sarg‘ish yashil, sariq va to‘q
sariq ranglardan ko‘p foydalaniladi, ko‘k rangdan esa grafik
elementlarni yoritishda ajratib ko‘rsatuvchi sifatida foydalaniladi;
– qizil rang – xavf-xatar rangi, yashil – norma va h.k;
– yomon ta’sir etuvchi to‘q binafsha rang, to‘q yashil, och sariq,
sarg‘ish yashil, och pushti va ayrim
boshqa ranglar birikmasidan
foydalanishga yo‘l qo‘ymasligi taklif etiladi.
3. Tasvir uchun rang tanlashda imkon qadar yorug‘ ranglar
kontrastidan voz kechib, me’yoriy ranglar
kontrastiga almashtirish
kerak.
4. Tasvir uchun rang tanlashda quyidagilarni inobatga olish
kerak:
– muhim bo‘limlar uchun qizil va ko‘k ranglar;
– tasvir tiniqligi uchun sarg‘ish yashil, sariq va to‘q sariq
ranglardan, ko‘k rangdan esa grafik
elementlarni yoritishda
foydalanish kerak.
5. Alohida darchada ochiluvchi grafika foydalanuvchi ixtiyoriga
qarab ochilishi va yopilishi kerak.
23