2- MODUL: PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR
YARATISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
2.1. Ta’limiy resurslarga qo‘yiladigan didaktik talablar,
psixologik talablar. Metodik talablar. Texnik talablar
Yetakchi professional konsorsium tavsiyalari, Xalqaro standartlar
va ochiq spetsifikatsiyalar
inobatga olinib, O‘zbekistondagi ta’lim
tizimi uchun elektron ta’lim resurslariga (ETR)
umumiy
texnik
talablar
(UTT) ishlab chiqilgan. Mutaxassislar: metodistlar, fan
o‘qituvchilari “Elektron darslik va elektron o‘quv qo‘llanmalari
elementlariga texnik, gigienik va ergonometrik talablar”ni o‘rganib
chiqishlari zarur
1
.
Elektron ta’lim resurslari
pedagogik talablarga
(amaldagi davlat
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga to‘la muvofiq bo‘lishi),
psixofiziologik talablarga
(foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq,
intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilishi),
metodik talablarg
a (ta’lim
beruvchiga darsni mustaqil
dars ko‘rinishida o‘tkazishga sharoit yaratilishi, bu holatda ta’lim
beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash,
darslarga
tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga
imkoniyat
yaratish
(dialog,
videomateriallar
kiritilishi),
o‘rganiladigan o‘quv
materiali sistemali, mantiqiy ketma-ketlikda,
modullilik va ular orasida uzviy bog‘liqlik ta’minlangan
holda
taqdim qilinishi, ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli
xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan)
nazorat dasturlari yordamida nazorat tashkil qilish imkoniyati
yaratilishi) javob berishi lozim.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish
texnologiyasini amalga
oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud.
Mazkur omillar