3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning zamonaviy axborot-ta’lim
muhitiga kirishga tayyorlik muammosi.
Ushbu muammo ta’lim
jarayoni ishtirokchilarini tayyorlashni o‘z ichiga oladi, ya’ni ta’lim
beruvchilarning
malakasini
oshirish
yoki
qayta
tayyorlash
masalalarini qamrab oladi.
4.
O‘quv jarayoni ishtirokchilarining kunduzgi ta’limdan
farqli ravishda muloqotning cheklanishi bilan yuzaga kelgan
tarbiyaviy muammolar.
Ushbu muammoning dolzarbliligi shubha
uyg‘otmaydi. Virtual ta’limda talabalar
bilan tarbiyaviy faoliyatni
tashkil qilishga doir tadqiqotlar yetarli emas. Shubhasiz,
zamonaviy
axborot-ta’lim muhitida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish, rivojlantirish mumkin. Masofali ta’limda esa oddiy
insoniy muloqotdan uzilgan holda mustaqil ish nazarda tutiladi.
5. Valeologik muammo
. Valeologiya sog‘liq, inson sog‘lig‘i
to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. "Valeo" so‘zining o‘zi (sog‘lom
bo‘lish) birinchi marta 1980-yilda I.I.Brexmanning asarlarida paydo
bo‘lgan. Har qanday jamiyatda inson sog‘lig‘i muhim o‘rinda turadi.
Texnik vositalarning ta’lim oluvchi salomatligiga salbiy ta’siri ta’lim
jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning
muammolaridan
asosiysi sanaladi, deyish mumkin.
Yuqoridagilarga
qo‘shimcha
sifatida ta’kidlash o‘rinliki,
o‘zbekcha matn kompyuter ekranidan o‘qilganda har doim ham imlo
va punktuatsion xatolarni aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Shu bois
imlo va punktuatsion xatolarni aniqlash bilan bog‘liq
topshiriq va
vazifalar belgilanganda buni hisobga olib qo‘yish lozimdir. O‘zbek
tilida kompyuter orfografiyasi va grammatikasi bo‘yicha dasturlar
yaratish borasida (rus, ingliz tillaridagi
bunday dasturlarning
afzalliklari bilan qiyoslab ko‘ring.) yutuqlar sezilarsiz.