1.3. Elektron pedagogika tushunchasi
1
Elektron pedagogika
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
bilan to‘yingan (uyg‘unlashgan) axborot ta’lim muhitida o‘quv
jarayonlarini
o‘rganish,
bashoratlash
va
tavsiflash
bilan
shug‘ullanadigan ilmiy yo‘nalishdir.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini
joriy etishning nazariy asosini yaratish
va amaliyotga tatbiq etish
zaruriyati paydo bo‘ldi?
Birinchidan,
o‘qituvchining o‘quv jarayonining tashkilotchisi
sifatida emas, balki bilimlarni egallash
manbalaridan biriga aylanib
qolayotganligi bo‘lsa,
ikkinchidan,
ilmiy-texnik taraqqiyotning
rivojlanayotgan
bosqichida
axborotlarning
keskin
ortib
borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida
foydalanish uchun
vaqtning chegaralanganligi,
shuningdek, ta’lim oluvchilarni ijtimoiy
va kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim
tizimiga
zamonaviy
texnologiyalarni
joriy
etishni
taqozo
etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar
har bir ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’minotini
rivojlantirishni talab etadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlariga ko‘ra,
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar
ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbasi bo‘lib qoladi.
Elektron pedagogikaning
asosiy maqsadi
zamonaviy AKT
muhitida o‘qitish – ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Elektron pedagogikaning predmeti
pedagogik tizim hisoblanadi.
1.4. Axborot-ta’lim muhitining tarkibi va tuzilishi