|
Ekranni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0Ekranni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
1. Ekranda matn joylashuvi kengligi quyidagi talablarga mos
kelishi kerak:
– ekranning taxminan yarmi bo‘sh qolishi;
– jadvalda har beshinchi satrdan keyin bo‘sh satr qoldirilishi;
– jadval ustunlari orasida 4 yoki 5 probel qoldirilishi.
2. Matn qismlari joylashtirilganda, ekranda foydalanuvchi
nigohining yo‘nalishi odatiy tarzda bo‘lishi kerak.
3. Jadval hoshiyalari ma’lumotning gorizontal yoki vertikal
tomonida joylashishi kerak.
4. Menyu, katta bo‘lmagan ma’lumotlar jamlanmasi ekranning
yuqori chap qismida joylashishi kerak.
5. Bir turdagi ma’lumot doim faqat bir joyda aks ettirilishi kerak.
6.
Tasvirning
yorug‘ligi
o‘zgaruvchan bo‘lishiga yo‘l
qo‘yilmasligi kerak.
Elektron shaklga o‘tkaziladigan ta’lim resurslarga texnik
talablar:
I. Hujjatlarning elektron nusxasiga qo‘yiladigan minimal texnik
talablar.
1. Bir hujjat doirasida sahifalar nusxasiga yagona o‘lcham
qo‘llash zarur. Bir formatdagi sahifalarning barcha shakllarining
balandligi va kengligi bir xil o‘lchamda bo‘lishi lozim. Skaner
qilingan manba sahifalarining asosiy qismidan o‘lchami bo‘yicha
farq qiluvchi katta yoki kichik formatdagi sahifalar shakllari o‘zining
original o‘lchamini saqlab qolishi lozim.
2. Normal hujjatlar uchun – 300 dpi o‘lcham, juda yomon asl
nusxa uchun undan yuqori o‘lcham tanlanishi mumkin.
3.
TIF/TIFF
formati uchun
LZW
(Lempel-Ziv-Welch)
kompressoridan foydalaniladi – bu ma’lumotlarni yo‘qotishlarsiz
siqishning universal algoritmiga asoslangan vosita hisoblanadi.
4. Kitoblardagi sahifalar soni bo‘sh teskari tomonlar bilan juft
hisoblanishi zarur.
5. Sahifa nusxasida sahifa raqami tasviri bo‘lishi kerak, ya’ni har
qanday holatda ham sahifa chetini kesmasdan maydonni qirqish talab
qilinadi.
6. Hujjatlarning elektron nusxalarini omborga (xranilishe)
joylashtirishga tayyorlash (verifikatsiya, ishlov berish va aniqlash).
|
| |