3-MODUL. O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
3.1.
Pedagogik dasturiy vositalarning turlari (o‘rgatuvchi
dasturlar, test dasturlari, mashq dasturlari, virtual o‘quv
muhitini shakllantiruvchi dasturlar).
Informatika va axborot texnologiyalariga oid adabiyotlarda
elektron adabiyotlar yaratish jarayonida foydalaniladigan dasturiy
vositalar
1
pedagogik dasturiy vositalar
deb yuritiladi:
Pedagogik dasturiy vositalar
–
kompyuter texnologiyalari
yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish
uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Ular ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri
hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida
ishlatiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibi
ga: o‘quv fani
bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
dasturiy
mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot,
qo‘shimcha yordamchi vositalar
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish
mumkin:
o‘rgatuvchi dasturlar
– o‘quvchilarning bilim darajasi va
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga
yo‘naltiradi;
test dasturlari
– egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni
tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;