faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish usuli o‘rnini bosuvchi,
tegishli
predmetning mazmuniga loyiq, bilim, ko‘nikma va
malakalarni maqsadga yo‘naltirgan holda shakllantirish vositasi
bo‘lgan ta’lim metodlarining bir formasi hisoblangan, nazariya bilan
amaliyotning aloqa vositasi bo‘lgan ko‘p qirrali ta’lim hodisasidir.
Kompyuterdan foydalanish jarayonida til ta’limida mavjud
bo‘lgan an’anaviy mashq turlarining deyarli barchasini qo‘llay
olamiz, jumladan:
harf yoki so‘zlarni qo‘yish;
tinish belgilarini qo‘yish;
tilning turli sathlari uchun qabul qilingan shartli belgilarni
qo‘llash;
matnni tahrir qilish va h.k.
Kompyuter
dasturlaridagi
krossvord,
rasmlar,
qiziqarli
topshiriqlar, testlar o‘quvchining darsga qiziqishini oshiradi.
Bunda
kompyuter o‘qituvchi vazifasini to‘liq bajara olmaydi, balki
o‘qituvchi vazifalarini to‘ldiradi. O‘qituvchi o‘z darsiga mos
dasturlarni,
didaktik materiallarni, o‘quvchilarning indvidulal
xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni tanlaydi, ta’lim jarayonida
ularning ana shu topshiriqlarni bajarishlariga ko‘maklashadi,
o‘quvchilarning bilimini va rivojlanishini baholaydi.
Mashqlar yaratishda