3.8.-rasm.
Undan keyin ushbu mashq saqlanadigan o‘rinni belgilaysiz
hamda
«Save»
(Сохранить)
tugmasi orqali bajargan ishingizni
tugatasiz:
3.9.-rasm.
Dasturda quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:
Ushbu blogning
“File”(Файл)
bo‘limiga kirib,
«New»
(Создать)
– tugmasini chertsangiz, yangidan mashq yaratish;
Bu blogdagi ishingizni tugatib, Hot Potatoes daturining bosh
menyusiga kirib,
boshqa blogda amallar bajarish;
Hot Potatoes dasturini yakunlash mumkin.
Virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Ta’lim
sohasidagi atamalar ro‘yxatida ”Elektron darslik”, ”Masofaviy
o‘qitish kursi”, ”Videokonferensiya”, ”Elektron forum” kabi yangi
atamalar qatorida ”Virtual tajriba stendi”, ”Virtual ustaxona”,
”Virtual sinf” kabi atamalar paydo bo‘ldi.
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier
(Lanye) taklif etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik
43
tushunchalari bilan bog‘liq. Immersivlik deganda odamning virtual
borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim.
Interfaollik foydalanuvchi real
vaqtda virtual borliqdagi
obyektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega
bo‘ladi. Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va
texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun,
virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar
ko‘pmodallikka, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul
qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun
zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan
foydalaniladi. Masalan, katta hajmli
tovush va videotizimlari,
shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va
ko‘zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi
qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz
interfeys birgaligida
ishlatiladi.
Virtual mavjudlik texnologiyasi inson faoliyatining turli
sohalarida,
xususan,
loyihalashtirish
va
dizaynda,
foydali
qazilmalarni izlab topishda, harbiy texnologiyalarda, qurilishda,
marketing
va reklamada, ko‘ngilochar o‘yinlar sanoatida keng
qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimida virtual texnologiyalar tatbiqini
informatika, fizika, ximiya, biologiya fanlaridan kompyuter
yordamidagi
elektron
virtual
laboratoriya
shakllaridan
foydalanilishida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, virtual kimyoviy
laboratoriya dasturi (animatsiya) tenglama
va boshqalar shaklida
foydalanish mumkin bo‘lgan reaksiyalar bazasi va laboratoriya
jihozlari hamda kimyoviy moddalar to‘plamiga ega. Virtual
laboratoriya dasturi turli moddalar bilan eksperimentlarni vizual
o‘tkazish imkonini beradi.
Bizningcha, virtual atamasini tillarni o‘rganish jarayoniga tatbiq
qilinayotgan elektron ta’lim vositalariga nisbatan ham qo‘llash
mumkin. Ona tili ta’limida mavjud bosma ta’lim vositalari (darslik,
o‘quv va metodik qo‘llanmalar,
jadvallar, daftarlar)ning virtual
imitatsion modellarini yaratish (elektron darslik, elektron qo‘llanma,
elektron jadvallar, elektron daftarlar), video va audio materiallarni
tinglash, ko‘rish orqali fikrlashga, tahlil qilishga yo‘naltirish, real
bo‘lmagan,
modellashtirilgan
elektron
daftarlarda
interaktiv
mashqlarni bajarish jarayoni virtual mavjudlik deb qaralishi mumkin.
44
Virtual o‘qitish jarayoni va unda qo‘llaniladigan
texnologiyalar
ko‘plab innovatsion metodlar va usullarni uyg‘unlashtira olishi bilan
xarakterlidir. Shuning uchun ham ularni to‘plash, tasniflash,
o‘qituvchilar faoliyatiga singdirish mexanizmlarini ishlab chiqish o‘z
yechimini kutayotgan muammolar sirasiga kiradi.