strukturlangan va strukturlanmagan bo‘lishi mumkin, ammo ular ikki
muhim vazifani o‘zida mujassamlashtiradi: interaktiv ta’lim va
ta’limni individuallashtirish.
CALL mohiyatan shunday instrumentki, u til o‘rganish
jarayonini
yengillashtiradi,
til
o‘rganishda elektron olam
imkoniyatlarini oshiradi. Uning yordamida sinfda o‘rganilgan
materiallarni takrorlash hamda yangi va qo‘shimcha ma’lumotlarni
olish mumkin.
CALL materiallari asosida til
pedagogikasi prinsiplari va
metodologiya yotadi, ular ta’limning turli nazariyalaridan olingan
bo‘lishi mumkin (masalan, bixeviorist, kognitiv, konstruktiv),
ikkinchi til o‘rgatish
nazariyalari, malasan, Stiven Krashenning
fikrlariga ham asoslanishi mumkin.
Uning yuzaga kelishi o‘tgan asrning 1960-yillariga borib
taqaladi. Illinoys universitetida 1960-yillarda ishlab chiqilgan
PLATO loyihasi CALL rivojidagi eng dastlabki bosqich hisoblanadi.
1970-1990-yillarda axborot texnologiyalarining
ravnaq topishi,
mikrokompyuterlar va Internetning kashf qilinishi CALL rivojiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘nlab til o‘rgatuvchi dasturlar Internetga
joylashtirildi, ta’lim muassalaridagi til o‘rgatish markazlarida ham
ko‘plab dasturlar ishlab chiqildi.
CALL tarixi, bir
nechta olimlarning fikricha, bir necha
bosqichlarga bo‘linadi:
Sanders
Shimoliy Amerikada yaratilgan
dasturlar tarixiga suyangan holda CALL tarixining boshlanishini
1960 – 1990-yillar deb ko‘rsatadi,