Capital, New
Enterprise Associates, Union Square Ventures, Glynn
Capital Management,
Tenaya Capital, SingTel Innov8, va KDDIlar
sarmoya kiritishgan. Oxirgi yillar davomida u dunyo miqyosida juda
ommalashdi.
2013-yilda Edmodo "The Top Apps for Teachers" (by PC
Magazine) jurnali tomonidan “o‘qituvchilar uchun eng yaxshi
internet dasturlari“ qatoriga kiritildi. Shu yili Edmodo ta’lim uchun
ilovalar banki yaratishdagi yutuqlari uchun Root-1 mukofotini qo‘lga
kiritdi. 2014-yilda Vibhu Mittal Edmodoning bosh ijrochi direktoriga
aylandi.
2014-yilda Edmodo Snapshot – talabalarning ta’lim
standartlari
bo‘yicha bilimi o‘sishini o‘lchovchi baholash sistemasini ishlab
chiqdi. The Cool Tool Award for Best Assessment Solution
tashkiloti Edmodo Snapshotni eng yaxshi baholash tizimi uchun
mukofot bilan rag‘batlantirdi. Shu tariqa
the Cool Tool Award for
Best Assessment Solution kompaniyasi Britaniyadagi 2ta katta
bosmachilik korxonalari – Oxford University Press va Cambridge
University Press Edmodo platformasining ta’lim mundarijalariga
kirishni ta’minlash va Edmodo Snapshotni
Buyuk Britaniyaga olib
kelish maqsadida u bilan hamkorlik ishlarini boshladi.
2015-yilning mart oyida Noodle Edmodoni 32 ta eng zo‘r
innovatsion onlayn ta’lim dasturlaridan biri deb atadi.
Dunyoning har bir mamlakati fuqarosi Edmodoga hech qanday
to‘siqlarsiz kirishi, ro‘yxatdan o‘tishi va unda joylashtirilgan
ma’lumotlardan bemalol foydalanishi mumkin.
Edmodo haqidagi qisqacha ma’lumotdan ma’lum bo‘ladiki, u
faqat bir maqsadni, ya’ni ta’limni ko‘zda
tutadi va uning vazifasi
teskari aloqani ta’minlashdan iborat
1
.
Ikki ustunda o‘qituvchining va o‘quvchining imkoniyatlari sanab
berilgan: