yakka shaxs uchun (hamma uchun umumiy), shu jumladan,
ota-onalar uchun xabarlarni e’lon qilish;
savolnomalar o‘tkazish;
topshiriqlarga video, tasvir, audio
va xabarlarni joylashtirish;
EDMODOdan o‘quvchilar ro‘yxati va topshiriqlarning
bajarilish jadvallarini chop etish;
O‘quvchining imkoniyatlari:
uyga vazifani bajarish uchun o‘qituvchidan konsultatsiya
yoki ko‘rsatma olish;
bob, bo‘limlar yoki butun mavzu bo‘yicha topshiriqlarni
onlayn bajarish va baho olish;
o‘z rivojlanishini nazorat qilish,
natijalarini yaxshilash
bo‘yicha imkoniyatlar olish,
hamkorlikda loyiha bajarish jarayonida kichik guruh bilan
muloqot qilish;
topshiriqlarni bajarish uchun ta’limiy ilovalarni foydalanish;
o‘z ishlarini e’lon qilish;
o‘z akkauntlariga ota-onalarni ulash.
Rossiya maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan “Я-класс” tizimi
ham Edmodoga o‘xshaydi. Bu tizimda ham o‘quvchi, o‘qituvchi va
ota-onalar onlayn muloqot o‘rnatadi
1
.
Edmodo va Якласс global ta’limiy dasturlar bo‘lib,
barcha
o‘rganuvchilarga o‘zlari uchun zarur bo‘lgan manbalar va odamlar
bilan bog‘lanish uchun yordam beradi. Bu tizimlar vaqtni tejashga
ham imkon beradi: o‘quvchi tizimga
kiradi va uyga vazifani
osongina
bajaradi.
Ota-onalar
ham
bu
tizimlarga
kirib
farzandlarining mashg‘ulotlarni qay darajada o‘zlashtirayotganini
nazorat qilib turishlari mumkin. Veb sayt bo‘ylab eng yaxshi
mundarijalar joylashtirilgan. Ta’lim oluvchilar butun internet bo‘ylab
o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan mavzuni topadilar va o‘zlari uchun
kerakli dastur, o‘yinlardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari
o‘quvchilar ta’lim resurslarini
internetga joylashlari, boshqalarga
tarqatishlari mumkin.
O‘zbek tilini ona tili sifatida, davlat tili sifatida o‘qitishda fan
o‘qituvchilari, metodistlar, talaba va magistrantlar jahon tajribalariga
1
www.yaklass.ru
68
tayanib quyidagi ta’lim vositalarini yaratishni jadallashtirishlari
taqozo qilinadi:
1.
O‘quv materiallari bosqichma-bosqich,
mashq va topshiriqlar
ketma-ketlikda taqdim qilinadigan