Asosiy bosqich.
O‘qituvchi tadbirni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi: yakka tartibda
yoki guruhda, so‘ngra keysni o‘quvchilarga beradi.
Mavzu e’lon qilinmaydi, lekin o‘quvchilar qilishi kerak bo‘lgan
ishlar, ularni baholash mezoni tushuntiriladi.
O‘quvchilar
axborotlarni tahlil qilib, muammoni yoki qator
muammolarni aniqlashadi va iloji boricha ko‘proq muqobil
yechimlar topishga harakat qiliadilar. Ular o‘z
yechimlarini nazariy
jihatdan asoslab, o‘zlarining ilgari surgan taklif va farazlarini
tasdiqlovchi va isbotlovchi xulosalarini taqdim qilshlari mumkin.
Tadqiqotlar
natijalari
o‘quvchilarning
xohishlari
va
imkoniyatlariga bog‘liq holda eksperiment namoyishi,
taqdimot,
loyiha va h.k. lar ko‘rininishida bo‘lishi mumkin.
Yakuniy bosqich.
O‘quvchilar o‘z ishlarini taqdim qilishadi. Bu bosqichda
konferensiya, leksiya, munozara va boshqa shakllardan foydalanish
mumkin.
Bu shakllar o‘quvchilarning
kommunikativ madaniyatini
rivojlantiradi. O‘qituvchi darsni yakunlaydi, xulosalarini aytadi,
ishlarni baholaydi.
Ishlarni baholash mezonlari:
– aniqlangan savollarga to‘g‘ri javoblar soni;
– muammolar yechimining noan’anaviy,
ayni vaqtda ilmiy
asoslangan va istiqbolli ko‘rinishlari taklif qilinishi;
– yechimlarning mustaqilligi;
– savodli nutq;
–
ilgari surilgan farazlar amaliy izohi yoki tasdig‘ining
yuqori saviyasi.
4.3. Osiyo mamlakatlarida filologik ta’limda AKTdan
foydalanish tajribasi
1
http://www.langmaster.com
saytidagi koreys tili o‘qitish
vositalari bilan tanishishdan ma’lum bo‘ldiki,
bu materiallar koreys
1
Mazkur masala BMT loyihalari doirasida maxsus tadqiq qilingan. Qarang:
Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –
Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 p.
65
tilini xorijiy til sifatida o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Saytda koreys
tilini o‘rganish uchun audiokurs va videokurslar taklif qilingan.
Reklama sifatida taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, o‘rganuvchi har
bir jumla uchun diktor ovozini tinglaydi. Mikrofonda takrorlaydi va
tez gapirishni o‘rgana boshlaydi. Yangi so‘zlarni o‘rganish uchun
rasmlardan foydalanadi, ta’limiy o‘yinlarda,
viktorinalarda ishtirok
etadi. Izlash imkoniyatiga ega bo‘lgan koreyscha lug‘at o‘rganishni
osonlashtiradi. Audodasturlar juda katta qulaylikka ega. Chunki
materiallarni bosmaga chiqarishning hojati bo‘lmaydi. Kompyuter
talab qilinmaydi. Tinlovchi juda oddiy tarzda mp3 pleerga,
telefonlarga
yuklab olib, o‘ziga qulay joyda tinglashi, til o‘rganishi
mumkin. Bu materiallarning aksariyati to‘lovlidir. Biz til o‘rganish
jarayoniga autentik materiallarni tatbiq qilish maqsadida sayt
materiallarini o‘rganib chiqdik.
http://lingust.ru sayti orqali to‘lovlarsiz
bir nechta tilni on-layn
o‘rganish mumkin. Bu sayt muallifi ham informatika, ham filologiya
mutaxassisi. Shuning uchun ham sayt metodik va texnik jihatdan
juda qulaydir.