xos xususiyatlaridan biri taqdim etiladigan
prezentatsiyada ortiqcha
o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymaydi.
iSpring Pro 180 dan ortiq effektlarga ega. Bu ko‘rsatkich Power
Point 2007dagi barcha effektlar kombinatsiyasidan iboratligi,
ko‘plab harakatlarni o‘z ichiga olganligi hamda shu ko‘rsatkich
bo‘yicha harakatlarni mukammallashtirganligi bilan tavsiflanadi.
iSpringning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda
konvertatsiyalash imkoniyati;
taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio,
video yoki
flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra
olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotniнг faqat
ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan
sinxronlashtirish;
elektron test (nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron
pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS)
uzatib berish
imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita
o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
masofaviy
o‘qitish
tizimida
foydalanish
uchun
SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript
API;
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
YouTubega joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga
kiritish imkoniyati.
iSpring Pro barcha slaydlar Power Point 2003, Power Point 2007,
Power Point 2010 da slaydlar o‘zgarishi harakatlarini qo‘llab-
quvvatlaydi.