•
Aytilayotgan so‘zlarga diqqatingizni qarating,
muhim
so‘zlar, g‘oyalar, hissiyotlarni nazardan qoldirmaslikka harakat
qiling. Asosiy g‘oya mag‘zini anglab eting.
•
Gapirilayotgan fikrlarga umuman qo‘shilmasangiz ham o‘z
hissiyotlaringizni nazorat qiling. Xayolan so‘zlayotgan
inson bilan
bahslashmang.
•
Aytilmay qolgan fikrlarni ilg‘ab olishga harakat qiling,
ayrim hollarda aytilgan so‘zlarga qaraganda ular juda muhimroqdir.
•
Eshitishga quyidagi munosabatni ishlab chiqing:
sabr bilan
aytiladigan so‘zlarni kuting.
•
Eshitishga ko‘maklashing: suhbatdoshga yuzlaning, ko‘z
aloqasini o‘rnating, chehrangiz ifodasi manfaatdor bo‘lishi kerak.
•
Diqqatni alahsitadigan omillarni bartaraf eting (qo‘ldagi
qalam, qog‘ozlarni ko‘zdan kechirish).
•
yodingizda bo‘lsinki, diqqat bilan tinglamaslik suhbatdoshga
beparvolikni anglatadi.
•
Barcha guruhlarga savol bering.
•
Guruhlarga o‘ylash uchun vaqt bering.
•
Javobga
munosabatingizni
bildiring
va
haqiqatni
aniqlagunga qadar muzokarani olib boring.
•
Agar
hech kim javob bermasa, auditoriya tomonidan
noverbal signallarga murojaat qiling: ko‘zlar
orqali aloqa, turish
holati – kimdir balki javob berishni xohlar.
•
Javobni baholashda ehtiyotkor bo‘ling
1
.
Darsning ko‘rgazmaliligi quyidagilarga:
O‘qituvchining nutqi, hatti-harakati;
Darslik, o‘quv qurollar;
Darsni o‘qitishdagi uslub, usullar;
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati;
Dars jarayonida qo‘llaniladigan jihozlar:
texnik vositalar,
ko‘rgazmali va tarqatma materiallarga bog‘liqligini unutmagan holda
elektron ko‘rgazmalilikning har qachon o‘qituvchi shaxsi bilan
aloqadorligini hisobga olish zarur. Bizning tavsiyalarimiz esa darslar
sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
1
Najmiddinova M. Ta’limning sifat va
samaradorligini oshirishda
vizuallashtirishning ahamiyati // Talim texnologiyalari. – Toshkent: 2006. – № 1. –
B. 18 – 21.
79