|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 05.4.
Epizodik slaydlar
Og‘zaki, ko‘rgazmali, matnli-axborotli majmua oddiy slaydni
o‘quv epizodiga, ya’ni darsning mustahkamlovchi qismiga aylantira
oladi.
Multimediali darsda son-sanoqsiz slaydlar talab qilinmaydi.
Slaydlarning miqdori o‘quv epizodlarining rejalashtirilishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Darsni loyihalovchi o‘qituvchi har bir o‘quv epizodini mustaqil
didaktik birbutunlikka aylantirishga harakat qilishi zarur.
Epizodik slaydlarda taqdim qilinayotgan o‘quv materialining
ixchamlashtirilishi alohida ahamiyatga ega.
Eng yaxshi qurilgan o‘quv epizodida ma’lumotlarning,
axborotlarning quruq bayoni o‘z ifodasini topmasligi kerak.
O‘quvchida, o‘rganuvchida fikrlash paydo qilish qachonki, axborot
to‘laqonli bo‘lmasa yuzaga keladi. O‘qituvchi “aql gimnastikasi”ni
o‘tkaza olishi kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
MS Power Point dasturi nima?
2.
Taqdimot yaratish qoidalari qaysilar?
3.
Taqdimot nutqi va slaydlar mutanosibligi?
4.
Epizodik slaydlar nima?
5. Til ta’limida foydalanilayotgan taqdimotlarni ma’ruzada
keltirilgan talab va tavsiyalar asosida baholashga harakat qiling.
6. MS PowerPoint dasturining imkoniyatlari haqida qo‘shimcha
adabiyotlardan foydalanib taqdimot yarating.
Mustaqil
ish
topshiriqlari.
MS
PowerPoint
dasturida
umumta’lim maktablari “Ona tili” ta’limi uchun taqdimot yaratishni
mashq qiling.
Asosiy tushunchalar:
Taqdimot (презентация, рresentation)
– diagramma, jadval,
matn va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni maxsus dasturlardan
foydalangan holda displey, videoproektor kabilarda namoyish qilish
uchun tayyorlash.
80
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
|