7- MODUL: O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA INTERNETDAN FOYDALANISH 7.1. Internet tarixi haqida Zamonaviy AKT muhitida o‘qitishni internet resurslaridan
foydalanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Internet tarmog‘i ta’lim
xizmatlarining juda katta potentsialiga ega. Elektron pochta, virtual
kutubxona va muzeylar, ta’limiy portal va saytlar, mavzuli blog va
forumlar, telekonferensiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar,
zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim
xizmatlaridan, ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda
foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Internet ta’lim
resurslaridan
foydalanish
o‘qituvchini
ta’lim
jarayonining
menedjeriga aylanishga undaydi.
Internet – bu butun jahon kompyuter tarmoqlari majmuyidir,
ya’ni yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmog‘idir. Unga ulangan kompyuterlar 2 guruhga
bo‘linadi: serverlar va mijozlar. Internet - minglab lokal va
mintaqaviy kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi
hisoblanadi. WWW – World Wide Web – butun dunyo o‘rgamchak
to‘ri hisoblanib, internet resurslarini tashkil etish va undan
foydalanishni ta’minlab beradi.
1957-yil 4-oktyabrda sobiq SSSR birinchilardan bo‘lib yerning
sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. 1958-yilda AQSH prezidenti
D.Eyzenxauer mudofaa vazirligi tasarrufida perspektiv ilmiy
loyihalar va izlanishlar olib borish bo‘yicha Agentlik tashkil qilish
to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. 1969-yil 29- oktabrda AQSHning
ARPANet (ingl. Advanced Research Projects Agency Network)
tarmog‘idagi 640 km (Kaliforniya va Stenford universitetlari)
masofada joylashgan ikki kompyuteridan “LOG” so‘zi uzatilgan.
1971-yilda birinchi elektron pochta dasturi ishlab chiqilgan va u tez
ommalashgan.
1973-yilda
tarmoqqa
buyuk
Britaniya
va
Norvegiyadagi turli tashkilotlar telefon kabeli orqali ulanishdi.
Shundan so‘ng tarmoq xalqaro miqiyosda kengaydi. 1974-yilda bu
tarmoqni "Internet" deb nomlash taklif etilgan. 1981-yilda mudofa
vazirligi ARPANet tarmog‘i asosida o‘zining tarmog‘ini ishlab
chiqishi natijasida tarmoq ARPANet va MILNet tarmoqlariga
bo‘linadi. 1982-yildan Internet zamonaviy ko‘rinishni ola boshladi
93
va ommalashib bordi. 1984-yilda domen nomlari tizimi ishlab
chiqilgan (ingl.
Domain Name System, DNS ), bu davrda tarmoqqa
ulangan xostlar soni 100 000 dan oshgan edi.
Internet domen nomlari internet manzillarida ishlatilib, ular
mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi: