maktablarda
o‘zbek
tilini
o‘rgatishda
elektron
resurslar
ko‘rgazmalilikni
ta’minlash, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan
qiziqishini oshirish omili bo‘lmoqda.
O‘zbek tili ta’limida multimediya ilovalari asosan boshlang‘ich
sinflarda foydalanish imkoniyati mavjud,
yuqori sinflar uchun
multimediya ilovalari hali yaratilish bosqichida (8-, 9-sinflar uchun
amalaiyotda qo‘llanmoqda), 5-, 6-, 7-sinflarda ana shunday elektron
resurslarga ehtiyoj juda katta
1
.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili
fani haftasiga 2 soatdan jami 68 soat o‘qitiladi. 8-sinfda 22 ta, 9-
sinfda 23 ta nutqiy mavzu o‘tilishi rejalashtirilgan.
O‘zbek tili fanidan 8-sinf uchun “Info Media Technologies”
tomonidan, 9-sinf uchun “EXTREMUM PRESS nashriyoti
tomonidan elektron darsliklar yaratilgan.
9-sinf elektron darsligining mazmuni:
Mundarija, 23 ta nutqiy
mavzu bo‘yicha materiallar, test topshiriqlari va lug‘atlardan iborat.
Darslikdagi 23 ta nutqiy mavzulardan O‘zbekiston – yagona
Vatan”, Yaxshilik unutilmaydi”, “Qo‘shni mamlakatlar
bilan
hamkorlik”, “Orol – mintaqa muammosi”, “Huquqiy
bilimlar
zarurati”, “Odamlardan kutganlarim”, Iqtisodiyot va ekologiya”,
“Buyuk allomalar hayotidan”, O‘zbekiston tabiati”, “Musiqa
olamida” mavzularidagi matnlarga ovoz berilgan bo‘lib, matnlar
ifodali o‘qib eshittirilgan.
Ayrim
mavzular
bo‘yicha
“Qo‘shni mamlakatlar bilan
hamkorlik”, “Orol – mintaqa muammosi”, “Huquqiy bilimlar
zarurati”,
“Sog‘lom
bo‘lay
desang”
mavzulari
bo‘yicha
videolavhalar kiritilganki, ular mavzu
mazmunini ochishga yordam
beradi.
Darslik materiallari mazmunidan kelib chiqib tuzilgan test
topshiriqlari maxsus dastur asosida joylashtirilgan bo‘lib, ular
o‘quvchining o‘rganilgan mavzu bo‘yicha egallagan bilimlarini
aniqlash imkonini beradi.
Mazkur darsliklar ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan
maktablarning axborot resurs
markazlarida va kutubxonalarda,
1
Bekjanova M. O‘zbek tilini o‘qitishda elektron axborot-ta’lim vositalarining
o‘rni. //O‘zbek filologiyasining ilmiy-nazariy masalalari va o‘qitish texnologiyalari
(respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari). – Nukus: Nukus DPI, 2017. 33 – 37
b.
90
informatika xonasida saqlanadi. Amaliyotchi o‘qituvchilar elektron
darsliklar mazmuni bilan to‘liq tanishib chiqqanlaridan so‘ng, dastlab
biron-bir
mavzuni tanlab, darsni shu xonada tashkil etishi,
o‘quvchilarni elektron darslik mazmuni, uni qo‘llash tartibi bilan
tanishtirishi va tanlangan mavzu bo‘yicha avval o‘quvchilar bilan
birgalikda mashg‘ulotni o‘tkazishi, keyingi darslarda o‘quvchilar
uyga vazifa tarzida berilgan topshiriqlarni elektron darsliklar
yordamida o‘zlari mustaqil bajarishlari kerakligini tushuntirishlari
lozim.
1.
Elektron ta’lim vositalarni sanab o‘ting.
2.
Elektron o‘qitish shakllariga misol keltiring.
3.
Elektron darslik nima?
4.
Elektron darslikning komponentlarini sanab o‘ting.